4-amaliy mashg’ulot. Qattiq, suyuq, gazsimon yoqilg’ilar, yoqilg’i tartibini hisoblash.
Ko`mir. Jahon geologik zahiralarining shartli yoqilg`isi sifatida 12000 mlrd t bo`lib shundan 6000 t aniq belgilangan. Ko`mir konlari foiz hisobida Osiyoda 63%, Amerikada 27%, Yevropada-6% Avstraliya va Afrikada 4% ni tashkil etadi.
Ko`mir zahiralari jahon mashstabida Sharqiy va G`arbiy Sibirda 90(ga yaqin to`g`ri keladi.
1 kg toshkumir yoqilganda 8,14 kVt*s/kg (29,3 mD j/kg) quvvat beradi.
Neft. Neft zahiralarni baholashda hozirgi vaqtda muhim ahamiyat beriladi. Bu ko`p mamlakatlarda uning iste'molini o`sishi bilan bog`liq bo`lib, neft elektr energiyani ishlab chiqarishda kumirni qisib qo`ydi. (Yaponiya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda) Transportda neft hisobidan jahon elektr iste'molini 90% dan ortig`i qondirilib kelinmoqda. Jahon geologik neft mahsulotlarini baholashda 200 mlrd. t, shundan 53mlrd tonnasi aniqlangan neft zahiralaridir. Neft zahiralarini aniqlanganlarining yarmidan ko`pi O`rta va Yaqin sharqdagi mamlakatlarda joylashgan. Neft iste'molini tez o`sishi turt sababga ko`ra aniqlanadi:
Hamma turdagi transportlarning taraqqiyoti birinchi navbatda avtomobil va aviatsiyada suyuq yoqilg`ini almashtirib bo`lmasligi.
Qazib olish ko`rsatkichini, tashish va foydalanishni yaxshilanishi.
Minimal xarajatlar va qisqa muddatda tabiiy energetika resurslardan foydlanishga intilish.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarni neftlari bor, rivojlanayotgan mamlakatlarning neft zaxiralarini ekspluatatsiya qilinishidan mumkin qadar foyda olishga intilishi.
Tabiiy gaz. Jahonda geologik gaz zahiralari 140-170 trln.m3 bilan baholanadi. Gaz zahiralarining mamlakatlar va rayonlararo taqsimlanishi 4.2- jadvalda keltirilgan.
4.1-jadval