Materianing saqlanish qonunini mohiyati va elektr enrgiya olishni turlari Energiyani ishlab chiqarishda hozirgi zamon fan va texnikasi asosi bo`lgan materiya va energiyani saqlanish qonuniga asoslanadi. Bu qonunlarni bilish energiya olish va iste'molini effektivligini oshirish masalalari, elektr energiya olishning yangi turlari hamda boshqa masaslalarini aktual yechish imkonini beradi.
Materianing saqlanish konuniBu qonunni qaysi davrda yuzaga kelganligini aniq aytish qiyin. Eramizdan avval Qadimgi Hindiston falsafasida tushunchalar bo`lib, u keyin qadimiy Gretsiyaga o`tib qolgan. Eramizgacha 450 yil avval qadimiy Grek filosofi Empedokl tasdiqlagan edi." Yo`qdan bor bo`lmaydi, bor narsadan yo`q bo`lmaydi. Ko`p qadimgi olimlar massani saqlanish qonunini amaliy yo`llar bilan isbotlashga uringanlar. Massani saqlanish qonuning amaliy isbotlanishi, uning massasini aniqligini oshishi buyicha bordi.
Energiyaning saqlanish qonuni. Energiyani saqlanish qonuni XIX asr o`rtalarida ochilgan. Materiya va energiyaning saqlanish qonuni moxiyati haqida fizik Plank o`zining "Energiyaning saqlanish tamoyili" kitobida ikki qonun bo`lib bu qonunlar hozirgi zamon binosining poydevori va aniq yagona fandir. Bu esa materianing saqlanish tamoyili va energiyaning saqlanish tamoyili" degan edi.
Energiyaning saqlanish qonuni issiqlik almashishlarni o`rganishda termodinamikani birinchi tamoyili degan nomni oldi. Masalan:biror sistema S issiqlik hisobidan mexanik ishni bajarish kerak. Sistemaning hamma nuqtalarida temperatura bir xil bo`lsin, bu sistemaga issiqlik ta'sir etilsa uning energiyasi oshadi.
Bu vaqtda tizim energiyasi yoki temperaturasi kamayishi bilan ish bajarishi mumkin. Bir paytda tizimga issiqlik berib va ish bajartirilsa energiya o`zgarishi
Agar tizim energiyasi o`zgarmasa unda A=Q bo`ladi.
Bu tenglama son jihatdan elektrodinamikani birinchi tamoyilini anglatadi, ya'ni ish bajarish uchun tizim energiyasini o`zgartirmasdan issiqlik berish tamoyilidir. Shuning uchun ham issiqlik olmasdan turib doimiy ishlaydigan dvigatelni yaratib bo`lmaydi. Hozirgi zamon katta quvvatli issiqlik elektr stantsiyasida issiqlikni ishga aylantirishda suv bug`idan foydalaniladi. Issiqlikni termodinamik o`zgartirish tsiklini suv bug`idan foydalanib XIX asr o`rtalarida Shotlandiyalik muhandis U.Renkin taklif etgan. U taklif etgan IES printsipal texnologik sxemasi quyidagilardan iborat.(5. rasm)
Ideal Renkin tsiklini foydali ish koeffitsenti- ish bajarish uchun sarflangan issiqlikning qizdirgichda olingan butun issiqlikka nisbatiga teng.
K=(Q1-Q2)/Q1 Q1-beriladigan issiqlik
Q2 -kondensatorda sovutuvchi suvga beriladigan issiqlik