Issiqlik kondensatsion elektr stantsiyalar (IKES) organik yoqilg`i energiyasini oldin mexanik, sungra elektr energiyaga aylantiradi.
Issiqlik dvigatellari yordamida tartibsiz harakatdagi gaz va
Bug` molekulalarning energiyasini tartibli aylanuvchi valni mexanik energiyasiga aylantiriladi. Hamma issiqlik dvigatellari quyidagilarga bo`linadi: -Ishchi (mexanizmni) jismni turiga qarab bug` yoki gaz bo`ladi.
-Issiqlik energiyasini mexanik energiyaga o`zgartirish turi bo’yicha porshenli va rotorli bo`ladi.
Porshenli turda o`zgartirish uchun ishchi jismni potentsial energiyasi qo`llaniladi. Bu tur paravozlar va paroxodlarda qo`llanilgan. Hozirgi paytda paravozlar va paroxodlar ishlab chiqarilishidan olingan. Keng tarqalgan ichki yonuv dvigatellari avtomobil transportida qo`llanilmoqda. Energetikada ichki yonuv dvigatellari cheklangan miqdorda qo`llaniladi. Yangi zamon quvvatli bo`lgan issiqlik elektr stantsiyalarda bug` turbinalari o`rnatiladi.Bug` turbinasi uch fazali generatorni aylantirish uchun qo`llanilib u 1889 yilda Elberfeld elektr stantsiyada o`rnatilgan.Shundan buyon katta quvvatli bug` turbinali elektros tantsiyalar taraqqiy etib kelmoqda.
Issiqlik dvigatellari sifatida elektr stantsiyalarida gaz turbinalari foydalanib kelinmoqda. Ularni turlarini 6.1-jadvalda kurish mumkin.
8.1-Jadval
Turbinalar.Bug` generatoridan 6000C va 30 MPa bosim bilan bug` o`tkazgichlar yordamida turbina soplosiga beriladi.Sopla bug`ni ichki energiyasini molekulalarning tartibga solingan kinetik energiyaga aylantirish uchun xizmat qiladi.Sopladan chiqqan bug` turbinaning ishchi kuraklariga beradi.Agar turbina aktiv bo`lsa kuraklari orasida bug` kengaymaydi va aksincha.Turbinalar aktiv va reaktiv turlarga bo`linadi.