9.1-rasm. Sun’iy yo’ldoshda quyosh energetik stansiyasini loyihasi. prinsipial sxema; 1-quyosh energiyasi oqimi, 2-yoldosh kollektor, 3-uzatuvchi antenna, 4-qabul qiluvchi antenna, 5-UQT-nur, 6-energetik yuldoshning sinxron orbitasi (yerdan 30-40 km uzoqda);
Kosmik stantsiyani quyosh elementlari energiya yerga bir nuqtaga jamlangan holda o’rta to`lqin uzunligi (10 sm) da antenna yordamida ujzatadi. Yerdagi qabul qiluvchi antenna bu energiya to`dasini qabul qilib, sanoat chastotali energiyani aylantiradi. Bu energiyaning FIK kristali bo`lmagan elchementlarda 11%, kremniyli elementlarda 20% gacha bo`lishi mumkin. Kosmik quyosh stantsiyalari foydali elektr quvvati 3-20GVt va undan yuqori qilib loyihalashtirilgan. Quyosh stantsiyasi batareyasining foydali chiqish quvvati 5 GVt bo`lib, FIK 15% ga teng. Bunday stantsiyaning batareyasining yuzasining sirti 20 km2 ga teng. Bundan uzatuvchi antenna diametri 1 km, qabul qiluvchi antenna diametri 7-10 km bo`ladi. Bunda stantsiyadan yergacha uzatiladigan nur to`dasi zichligi quyoshdan yergacha bo`lgan masofani uzatadigan nur to`dasining 1/5 qismiga teng va u uchuvchi zichligini apparatlar hamda qushlarga havoda tug`ilmaydi. Ammo radio to`lqinlariga salbiy ta'sirini hisobga olmasa ham bo`ladi. Texnik muammmolar erishiligan texnologiyani yaxshilash bo`lib, yangi printsipial qarorlarni ishlab chiqish talab etilmaydi. Yrik quyosh energiyasi stantsiyalarini energiyasini uglevodorodlar asosida yoqtlg`ini sintez qilishda qo`llash mumkin. Masalan, ohaktosh va suvdan metanol olishni misol qilib keltirsa bo`ladi. Quyosh energiyasini amaliy qo`llash ko’p yo`nalishida bir necha mamlakatlarda bajarilgan. Shubhasiz insoniyat kelajakda quyoshning bosh asosiy energiya manbai sifatida qaraydi va har xil yo`llar bilan undan foydalanishadi.
10-amaliy mashg’ulot. Gidroelektr stansiya. Gidroelektr stantsiyalarni ishini asosini urganish ya'ni suv energiyasini elektr energiyaga aylantiruvchi fan gidravlika atalib, u o`zining tarkibiga gidrostatika (suyuqliklarning og`irliklarini tenglashishi) va gidrodinamikani (suyuqliklar harakatini o`rgatuvchini) oladi. Suv oqimining quvvati,kundalang kesim yuzali quvirdan yuqori suv satxli basseyndan oqib tushayotgan suv miqdori sarfi bilan aniqlanadi. Yuqori va pastki basseynlarni sathini farqi napor deb ataladi.(10.1.-rasm) Oqim quvvati kVt sifatida quvirda quyidagicha aniqlanadi.
P=9.81QH
bunda P-aktiv quvvat,kVt; Q-unumdorlik,m3/c; H-napor,m GES dvigatellarida suv oqimining bir qismidan foydalaniladi.(10.2.-rasm) Shuning uchun FIK ni hisobga olib GES quvvati
P=9.81ON
N -foydali ish koeffitsenti
Reaktiv turbinalar radial o`qli, propellerli buraluvchi parrakli, ikki patli va diogonalli turbinalar bo`ladi.(10.3-rasm)
Radial o`qli turbinani ishchi parragi murakkab egrilik ko`rinishli bo`lib, yunaltiruvchiga tushgan suv radialdan o`qi yunalishi buyicha o`zgaradi.(10.1-a rasm)
Propellerli turbina sodda konstruktsiya bo`lib, yuqori FIK ga ega. Ammo yuklamani o`zgarishi FIK ni tez tushirib yuboradi.(10.1-b rasm)
Parraklari buraluvchi gidroturbinalarni propellerlidan farqi uning ishchi g`ildiraklaridagi parraklarining ish rejimini o`zgarishida FIK ushlab turishidir. (10.1-v rasm)
Ikki patli turbinada juftlashgan ishchi parraklari bo`lib, suvni chiqimini oshirish ikonini beradi. U murakkab bo`lgani uchun keng qo`llanilmaydi.(10.1-g rasm)
Diagonal turbina ham murakkab bo`lib, uning ishchi parrkalari o`z o`qiga nisbatan buraladi.(10.1-d rasm)
GESlardagi turbinalarning quvvati bir necha kilovattdan 700 MVt, aylanish chastotasi 16-1500 min-1 gacha bo`ladi.
Gidroelektr stantsiyalarning gidrogeneratorlarining FIK (0,95-0,98%) yuqori bo`ladi.