18-amaliy mashg’ulot. Atom elektr stansiya.
Jahonda birinchi atom elektr stantsiya 27 iyun 1954 yilda Sobiq Ittifoqda Obninsk shahrida ekspluatatsiyada tekshirilgan. AES da uran yadrosini parchalanishidan, ya'ni bo`lak gaz va bug` issiqlik energiyasiga aylanishi hisobga olingan. Yadroni bo`linishidagi energiya to`la issiqlik energiyasiga aylanadi.Sobiq Ittifoqda 1973 yilda Shevchenko shahrida jahonda birinchi bo`lib,AES ishga tushirildi.Uning hozirgi taraqqiyoti oshib bormoqda.Yadroning bo`linishida olinadigan energiya to`liq issiqlikka aylanadi.Boshqariladigan zanjir yadro bo`linish reaktsiyalari bo`ladigan qurilmalar yadro reaktorlar deb ataladi.Issiqlik elektr stantsiyalari AES lardan farqi bug` generatorida yoqilg`ini yonishdan issiqlik olinadi.AESlarda esa yadro reaktorlarida bajariladi.Energiya esa IES suvni isitish ko`mirni yonishidan bajarilsa,AESlarda boshqaruvchi yadro reaktsiyalari yordamida issiqlik olinadi.AESning asosiy elementi -yadro reaktori-aktiv zona,qaytaruvchi sovitish sistemasi, rostlash va nazorat,g`ilof va biologik himoyadan iborat.Reaktorda ajralgan issiqlik ishchi jismga (turbinaga) issiqlik dvigateliga bir konturli (18.2,a rasm),ikki konturli (18.2.b rasm) uch konturli (18.2.v rasm) sxemada uzatiladi. Har bir kontur o`ziga xos yopiq sistemalar dan iborat. Ko`p konturli sxema jihozlarga xizmat ko`rsatishni qo`layligini ta'minlaydi va radiatsiyadan himoya qiladi. Konturlarni sonini reaktor turi, issiqlik tashuvchilar xususiyati va ularning yaroqligini xarakterlovchi va ishchi jism sifatiga bog`lik bo`ladi.
18.1.-rasm. AES ning umumiy ko’rinishi.
1-yoqilg’i ombori, 2-reaktor binosi, 3-mashina zali, 4-elektr podstansiya, 5-suyuq chiqindi ombori.
.AES quyidagi afzalliklarga ega.
1.AESni qayerda qurishdan qat'iy nazar xom ashyoni olib borishni qulayligi lekin sovitish uchun ko`p miqdorda suvni kerak bo`lishi.
2.Katta quvvatli energetik bloklarining bo`lishi bittasini quvvati 2GVt gacha bo`ladi.
3.Yoqilg`ining sarfini kamligi.
4.Atrof muhitni ifloslanmasligi.
Ammo AES ni ekspluatatsiyasida talab va qoidalarga keskin rioya kilinishi shart, chunki nurlanish bo`ladigan bo`lsa keng maydonlarda hayot bo`lmaydi va kishilarning hayoti uchun o`ta xavfli bo`ladi. Rossiyadagi Chernobil AES sidagi 1986 yil 26 apreldagi avariya oqibatida 28 kishi olamdan ko`z yumdi.1ming m2 km ga yaqin tarritoriya radiaktiv zararlandi. Atom elektr stantsiyalarning jihozlarini o`rtacha xizmat muddati 30 yilga teng. Atom elektr stantsiyaga xizmat ko`rsatishda juda ehtiyotkor bo`lish va shu bilan birga ko`rsatmalarga qattiq rioya qilish zarur. Kelajakda atom energiyasidan foydalanishda va atom elektr stantsiyani ekspluatatsiyasida xizmat ko`rsatishda ko`rsatmalarga qattiq rioya qilish diqqat bilan ishlashni taqozo etadi.
AESlarda issiqlik tashuvchi suv hisoblanadi. YOqilg`i sifatida esa radiaktiv element uran 235U va 238U qo`llaniladi. Bir uran yadrosi bo`linishida 200 MeV energiya ajraladi.
1g uranda 2.6*10 ta yadro bo`ladi va undan 23,2 MVt*s energiya olish mumkin.1g kumirni yoqqanda esa 7-8 vt*s energiya olinadi.
Dostları ilə paylaş: |