Muqumiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi


O’smirlik davrining psixologik va hissiy-emotsional xususiyatlari



Yüklə 63,39 Kb.
səhifə4/7
tarix21.07.2023
ölçüsü63,39 Kb.
#137037
1   2   3   4   5   6   7
Axmadjonova irodaning rivojlanish psixologiyasi fanidan-fayllar.org

1.2. O’smirlik davrining psixologik va hissiy-emotsional xususiyatlari.
O’smirlik yoshidagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari. O’smirlik yoshida, taxminan 13—14 yoshlarda, bolalarni emotsional kechinmalarida katta o‘zgarishlar boshlanadi. Shu yoshdagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantiqiy va tanqidiy tafakkur ancha o‘sadi. O’smirlar dunyoqarashlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ularning kamalak va yoshlar ittifoqida ishtirok etishlari bunday qiziqishlarning o‘sishiga ko‘p jihatdan yordam beradi. Mana shularning hammasi xilma-xil intellektual va axloqiy hislarni o‘sishi uchun manba bolib qoladi. O’smirlarda xayol kuchli ravishda o‘sadi. Hislarning o‘zi xayolning o‘sishiga yordam beradi va xayolning o‘zi ham xilma-xil chuqur emotsional kechinmalarning manbayi bolib qoladi. Kelajak to‘g‘risidagi orzular, qahramonlik, romantika shularning hammasi emotsional kechinmalarning manbayidir. Bu yoshda o‘z-o‘ziga baho berish hissi kuchli ravishda o‘sadi.O’smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish o‘sishi tufayli axloqiy hislar o‘smirlar hayotida katta o‘rin oladigan bo‘lib qoladi, ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo‘ladi. Shu yoshda organizmda fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi sababli emotsional qo‘zg‘alishlarning xarakterida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon bo‘laveradi, lekin ko‘pincha bu hislar barqaror bo‘lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda o‘smirlarda injiqlik va arazlash ko‘p bo‘ladi. O’smirlik davridagi inqiroz- o‘smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vigotskiy 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. Inqirozdan keyingi davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning kechishi kattalarning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tarbiya taktikasini mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi ehtiyojlari, yangi qobiliyatlariga bogliq ravishda munosabatlarni o‘zgartirishiga bogliq. Sog’lom o‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi, depressiv kechinmalar, tez ranjish va boshqalar xos. O’smirlarda ko‘p uchraydigan «mos emaslik affekti» (arzimas narsaga ham kuchli reaksiya bildirish) o‘zini past baholash va intilish darajasining yuqoriligi orasidagi qarama-qarshilik bilan bogliq. O’smir intellektining o‘ziga xosligi va affektiv sohasi bilan bogliq ravishda o'smirlar egotsentrizmining o‘ziga xos shaklini ajratishadi1. O’smir o‘ziga, o‘zida ro‘y berayotgan psixofizologik o‘zgarishlarga qiziqadi, u o‘zini zo‘r berib analiz qiladi, o‘z-o‘zini baholaydi.Unda boshqalar ham uning haqida o‘ylashi, uning tashqi ko‘rinishiga qiziqishi, fikrlari, xulq-atvori va hissiyotlariga qiziqadi, degan illyuziya paydo bo‘ladi. «Xayoldagi auditoriya» fenomeni egotsentrizm komponentlaridan biri bo‘lib, uni har doim tomoshabinlar kuzatadi, u esa har doim sahnaning o‘rtasida deb ishonadi. O’smirlik egotsentrizmining boshqa komponenti bu shaxsiy afsonadir. Shaxsiy afsona — bu shaxsiy kechinmalarga asoslangan muhabbat, hasad, uyat kabi hislarning o‘ziga xosligiga ishonishdir. Bunday egotsentrizm cho‘qqisi o‘spirinlik davriga o‘tishga to‘g‘ri keladi, bunda tengdoshlari bilan o‘z hissiyotlarini bolishish, ular bilan yaqin ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqali barham berish mumkin. Men konsepsiyasi — o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasi sifatida katta o‘smirlik davrida yangi markaziy tuzilma hisoblanadi. O’z-o‘zini anglashning yangi darajasini shakllanishi (o‘zi haqidagi tasavvur, Men konsepsiyasi) o‘z imkoniyatlari va xususiyatlarini, o‘zining boshqalarga o‘xshashligi va betakrorligini, o‘zini shaxs sifatida bilish ehtiyojidan kelib chiqadi. O’smirlarning o‘zi bilan bogliq kechinmalari ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga, kattalarning bahosi va tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bogliq. Ko‘pincha o‘smirlar o‘zlariga salbiy baho beradilar, kamchiliklarining uzun ro‘yxatiga faqat bitta ijobiy xislat qo‘shiladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga bogliq, kattalarning salbiy bahosi ortib boradigan va ijobiy baho kamdan kam ko‘rsatiladigan tasavvurlari interiorizatsiya qilinadi. O’smirga o‘zini baholashning shaxsiy mezonlarini ishlab chiqishga, o‘zini «ichdan» ko‘rishga va o‘z yutuqlarini baholashga, shaxsining kuchli tomonlariga suyanishga o‘rgatmoq lozim. O’smirlik davrining oxiriga kelib kuchli o‘z-o‘zini anglash ro‘y beradi. Kattalarning bahosiga taqlid qilish yo‘qolib, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini ko‘rsatish, o‘z-o‘zini tasdiqlatish, o‘z-o‘zini namoyon qilishga intilish kuchayadi. O’z oldiga kelajakda bajariladigan topshiriqlarni qo‘yishi o‘smirning o‘qish faoliyatiga yangicha ma’no beradi, o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘tiladi. Ilk o‘spirinlik davriga (15—18) o‘tishdagi inqiroz insonning shaxsiy taraqqiyot subyekti sifatida shakllanishi muammosi bilan bog'liq1. 18—21 yoshlarda ijtimoiy-psixologik va shaxsiy o‘z-o‘zini belgilash tugallanadi. O’zbekistonlik psixologlarning o’smirlik davri xususiyatlari borasidagi tadqiqotlariga e’tiboringizni qaratamiz. G.B.Shoumarovning shogirdi D.R.Rahmonovaning «O’smirlarda qo‘rqinch determinatsiyasi xususiy holatlarining turli vaziyatlarda rivojlanishi» mavzusidagi ilmiy ishida mehribonlik uylarida, oilada va mehnat tuzatish koloniyalarida yashovchi o‘smirlarda tadqiqot olib borgan bo‘lib, psixik og‘ishish chegaraviy zonasining uchta, ya’ni dezintegratsiyalashgan, biologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon beradigan qo‘rqinch determinatsiyasi mexanizmlarini yoritib bergan va o‘z ilmiy izlanishlariga tayangan holda shaxslararo munosabatlar jarayonida emotsional zo‘riqish tufayli yuzaga keladigan qo‘rqinchning o‘smirlar psixik holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, qo‘rquv fenomenologiyasi uni tashkil etuvchi biologik, ijtimoiy va dezintegratsion komponentlarga bog‘liqdir. Muallif dezintegratsion qo‘rquv deganda o‘smir emotsional sohasiga jiddiy rezonans olib keluvchi xayoliy subyektiv idrok etilgan xavf-xatarning shaxsda mavjudligini nazarda tutib, ushbu qo‘rquv biologik hamda ijtimoiy qo‘rquv xususiyatlarini va uning darajalarini aniqlashda sababiy omil hisoblanishini ta’kidlaydi. D.R.Rahmonova qo‘rquvning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritib berar ekan, oiladan tashqaridagi o‘smirlarda emotsional namoyon bo‘lishiga hamda shaxsning psixik holatlari ko‘rsatkichlariga ko‘ra oilada tarbiyalanayotgan o‘smirlardagidan farq qilishini aytib o‘tadi. Tadqiqotchi tomonidan dezintegratsion qo‘rquv pubertat davridagi yosh xususiyati sifatida ko‘rilib, o‘smirda ijtimoiy vaziyat malakasining rivojlanishi psixik holatlar xarakteri va psixotravmatik holatlarni yengib o‘tishni bel­ gilab berishi e’tirof etilgan. D.R.Rahmonova tadqiqotining ijobiy tomonlari shundaki, u bu davr xususiyatlarini turli muhitda tarbiyalanayotgan o‘smirlar misolida o‘rganadi. Ya’ni ularning natijalarini o‘zaro solishtirish orqali xulosa chiqaradi. O’smirlarda stress holatidan keyingi psixologik xususiyatlarni tadqiq etgan G.V.Xrulnova jarohatdan keyingi stress holati belgilari, jarohatdan so‘nggi stress holatining tarqalganligi, psixologik jarohatni boshidan o‘tkazgan o‘smirlardagi boshqa psixik buzilish va shaxsiy og‘ishishning ifodalanishiga e’tiborini qaratib, jinsiy belgilar bo‘yicha stressli holat dinamikasining psixologik xususiyatlarini yoritib beradi1. G.V.Xrulnovaning fikricha, o‘smirlarning stressli vaziyatlardan chiqish malakalarining mavjud emasligi somatik, emotsional, xulq-atvor, kognitiv, shaxsiy bosqichda ma’lum darajada stressdan keyingi buzilishlarni vujudga keltiradi. U o‘smirlarda stress reaksiyalarini vujudga kelishiga oiladagi, teng­ doshlari va kattalar bilan shaxslararo munosabatlar jarayonidagi muammolar, travmatik malaka sabab bo‘ladi, deb hisoblaydi. O’quvchilarda emotsional barqarorlik va uning shakllanish masalalariga e’tiborini qaratgan M.G.Davletshinning shogirdi G.A.Bogdalova emotsional barqarorlik xususiyatlari tarkibi, mexanizmlarini hamda uning o‘smirlik yoshidayoq shakllanish imkoniyatlari va prinsiplarini o‘rgangan. G.A.Bogdalova tadqiqot natijalariga asoslanib, emotsional barqarorlikni quyidagi jarayonlarning natijasi sifatida ko‘rsatadi:
xulq-atvorda barcha emotsiyalarning e’tiborsiz namoyon etilishi; b) emotsiyalarning osonlik bilan, silliqqina bir holatdan ikkinchi holatga ko'chirilishi; d) kishining o‘z xulq-atvoriga mustaqil baho berishi. O’smirlik davri xususiyatlari va emotsional o‘zgarishlarni tadqiq etish B.M.Umarov ishlarida ham ko'rinadi1. U bolalar hamda o'smirlar suitsidining yosh va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritib bergan bolib, olimning fikricha, o'qituvchi, o’quvchi hamda oila a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo nizolar, «sevgi-muhabbatga bogliq bolgan nizolar», «qolquv», «his-hayajon», «g‘am-g‘ussa» va yosh davri «inqirozlari» bolalar, o’smirlar suitsidining asosiy sabablari bolib hisoblanadi. Muallif qorquv holatiga suitsidni yuzaga keltiruvchi omil sifatida qaraydi. O’smirlar guruhida o‘zini-o‘zi psixologik muhofaza qilish jarayoniga e’tiborini qaratar ekan, Sh.R.Baratovning shogirdi E.M.Muxtorov o'smirlardagi o‘zini-o‘zi psixologik muhofaza qilish haqidagi tasavvurlarning shakllanishi eng avvalo ulardagi maktab hayotiga, o‘zini o‘zi baholashga, shaxslararo umumiy muloqotga bogliq bezovtalik me’yorlariga, shuningdek, o'smir­ lar faolligini ta’minlovchi xotirjamlik, g'ayrat-shijoatlilik, hissiy kolarinkilik, o'z-o'ziga ishonchlilik sifatlariga mutanosiblilik yoki nomutanosiblik ko'rsatkichlarining namoyon etilishi bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Muallif o'smirlardagi o'zini o'zi adekvat hissiy baholash va ijtimoiy vaziyatga bogliq me’yoriy bezovtalik motivatsiyasi kolsatkichlariga psixologik muhofaza mezonlari sifatida qaraydi.


Yüklə 63,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin