Muqumiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi


O’smirlik davrida empatiya shakllanishi bo’yicha olib boriladigan amaliy ishlar tahlili



Yüklə 63,39 Kb.
səhifə6/7
tarix21.07.2023
ölçüsü63,39 Kb.
#137037
1   2   3   4   5   6   7
Axmadjonova irodaning rivojlanish psixologiyasi fanidan-fayllar.org

2.2. O’smirlik davrida empatiya shakllanishi bo’yicha olib boriladigan amaliy ishlar tahlili.
O’smirlik davrida empatiyani shakllantirish uchun quyidagi metodikalarni tavsiya qilamiz.

Yaxshilik qilish”


Suhbat davomida psixolog yordamga muhtoj insonlarga qanday yordam berish mumkinligi haqida so’raydi. Masalan: o’rtoqlariga, yosh bolalarga, qariyalarga, nogironlarga. Yordam berish insonga xos ijobiy fazilat ekanligi, insonlar o’rtasida mehr-oqibat, o’zaro yordam va do’stlik munosabatlari yuzaga kelishini bolalar bilan muhokama qilinadi.
Jumlani davom ettir”.
Psixolog o’quvchilardan berilgan qog’ozga gapni davom ettirib yozishlarini so’raydi; masalan:
Menga yoqmaydi, qachonki, o’rtoqlarim……”
Guruhimiz zo’r bo’lar edi, agar o’rtoqlarim…”. Bolalarning yozgan javoblari yig’ib olinadi va tahlil qilinadi. Lekin kim qanday javob yozgani aytilmaydi. Mashqdan kutiladigan natija guruhda bolalarining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilish.
Xayot yo’li”. Suhbatda psixolog o’quvchilardan hayotiy rejalarni so’raydi. Masalan:”Men va mening oilam”, “Men kim bo’lmoqchiman?”, “Mening sevimli mashg’ulotim”, “Mening orzuim”. Hayotiy rejalarni amalga oshirishda nima yordam berishi yoki xalaqit berisshi haqida birgalikda muhokama qiladilar. Tarbiyachi va psixolog tomonidan bolalarga to’g’ri yo’llanma hamda maslahatlar berib boriladi.
O’zi va o’zgalarga munosabat”. Psixolog o’quvchilardan 1 hafta oldin bo’lib o’tgan voqea-hodisalarni yozishi yoki so’zlab berishini so’raydi. Suhbatdan keyin shu vaqtda boshqacha yashash mumkinmidi?-degan savol beriladi. Javoblar o’quvchilar bilan birgalikda tahlil etiladi.
Mening idealim”. Suhbat jarayonida o’quvchilardan hayotiy orzu-maqsadlarini so’raladi va baholanadi. Orzuni amalga oshishi uchun ijobiy axloqiy sifatlar zarur ekanligi tahlil qilinadi.
O’smir uchun ertak”. Bu mashg’ulot ertakterapiya usulida o’tkaziladi. O’smirga unga va atrofdagi odamlarga o’xshash qahramon aks etgan ertak aytib beriladi. Ertak yakunida psixolog va o’smir birgalikda xulosa chiqaradilar.
Fikrlarni davom ettirish estafetasi”. O’quvchilarga biror mavzuga oid gap aytiladi. Ular zanjir asosida berilgan mavzuni davom ettiradi, to’ldiradi va izohlaydi. Fikrlar tahlil qilinadi va muammolarni yechish yo’llari birgalikda hal qilinadi.
Erkin mavzuda ijod qilish”. O’quvchilariga o’zlarini judayam qiziqtiradigan mavzularga oid rasmlar chizish yoki hikoya yozishi taklif etildi. Hikoya va rasmlar birgalikda tahlil qilinadi. Mashg’ulotlarda psixolog namuna ko’rsatib berishi, yumor va xazillardan foydalanishi lozim.
Atrofdagilar bilan ijobiy munosabat o’rnatish”. Mashg’ulotda bolalarga badiiy adabiyotdan qahramonlarning hayoti, ularning o’zgalar bilan muloqot qilishining ijobiy tomonlari haqida so’zlab beriladi. Misollar keltiriladi. Flipchart qog’ozga odamlar bilan muloqot qilishning ayrim tomonlari yoziladi. (Masalan:tabassum qilish, jilmayish, shirin so’zlash, mehribonlik, diqqat-e’tiborli bo’lish, xushmuomalalik). O’zgalar biln o’zi xoxlagandek munosabatda bo’lish yo’llari haqida munozara yuritiladi.
Ushbu metodikalarni qo’llash oqibatida o’smirlarda empatiya, bir-biriga hamdardlik qilish, insonparvarlik, mehr-oqibat, g’amxorlik qilish kabi tuyg’ularni shakllantirishda kata ahamiyat kasb etadi.



  • F.Fidler tomonidan taklif etilgan hamda Yu.L.Xanin tarafidan moslashtirilgan guruhdagi psixologik iqlimni o’rganish uchun mo’ljallangan metodikadan foydalanish samarali natija berishi mumkin.. Ushbu metodika yordamida guruhning psixologik iqlimi ko’rsatkichini aniqlashni ko’zda tutadi. O’zaro munosabatlarning quyidagi binolar shkalsini taklif etiladi.


  • Do'stonalik


  • Dushmanlik


  • Kelishuvchanlik


  • Kelishmovchanlik


  • Qoniqarlilik


  • Qoniqmaslik


  • Qiziquvchanlik


  • Befarqlik


  • Mahsuldorlik


  • Natijasizlik


  • Iliqlik


  • Sovuqlik


  • Hamkorlik


  • Hamkorlikni mavjud emasligi


  • Qòllab quvvatlamaslik


  • Mashģullik


  • Zerikish


  • Muofaqqiyat


  • Muvaqqatsizlik




  • Ushbu munosabatlar 1 balldan 8 ballgacha (mas.do’stonalik - 1b; dushmanlik -8b) baholanadi. To’plangan ball qanchalik kam (10) bo’lsa, guruhdagi psixologik iqlim shunchalik qulay, qanchalik ko’p bo’lsa (80),psixologik iqlim shunchalik yomon , noqulayligidan dalolat beradi.

    Jami o'quvchilar soni


    • Ijobiy

    • Salbiy

    25 nafar


    • 19

    • 6






    Yüklə 63,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin