Uch asosli to’rt atomli oksikislotialarga limon kislota misol bo’la oladi.U sistematik nomenklaturada 2-gidroksi-1,2,3-propantrikarbon kislota deb nomlanadi.
Limon kislota tabiatda keng tarqalgan.U lavlagi,malina,uzum va limon tarkibida bo’ladi.Limon tarkibida uning miqdori 6-7% gacha bo’ladi.Limon kislota C6H8O7H2O ko’rinisida kristallanadi va uning suyuqlanish temperaturasi 70-750Cga teng.
Limon kislota texnikada glyukozani maxsus sharoitda bijg’itish usuli bilan olinadi.
Kimyoviy xossalari. Limon kislota qizdirilganda o’zini -oksikislotalar singari tutadi va akonit(1,2,3-propentrikarbon)kislotaga aylanadi.U haydalganda H2O va CO2 ajratadi. Bunda sharoitga qarab sitrakon(I) yoki itakon(II) angidridi hosil bo’ladi.
Kimyoviy xossalari. Limon kislota qizdirilganda o’zini -oksikislotalar singari tutadi va akonit(1,2,3-propentrikarbon)kislotaga aylanadi.U haydalganda H2O va CO2 ajratadi. Bunda sharoitga qarab sitrakon(I) yoki itakon(II) angidridi hosil bo’ladi.
Limon kislotaga konsentrlangan sulfat kislota ta’sirida u o’zini -oksikislotalar singari tutadi. Bunda chumoli kislota ajratib chiqaradi va atsetondikarbon kislotaga aylanadi.
Limon kislota oziq ovqat sanoatida,meditsinada va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Aromatik oksikislotalar.
Aromatik oksikislotalar.
Aromatik oksikislotalar orasida ko’p atomli, bir asosli kislotalar katta ahamyatga ega.
Salitsil kislota 1970C da suyuqlanadi. Suvda yaxshi eriydi. Sanoatda natriy fenolyatga bosim ostida uglerod IV- oksidi tasir ettirib olinadi (Kolbe-Shmitd usuli).
Salitsil kislota fenol va benzoy kislotaning xossalarini takrorlaydi. Oson qaytarilib pimetin kislotani hosil qiladi:
Ishlatilishi.
Ishlatilishi.
Salitsil kislota va uning efirlari tabiatda keng tarqalgan. Ular tibbiyotda va anilin bo’yog’ sanoatida ishlatiladi. Tibbiyotda salitsil kislotaning natriyli tuzi, salitsil kislota atsetati – aspirin va salitsil kislotaning fenil efiri–salol haroratni pasaytiruvchi, dezinfeksiyalovchi vosita sifatida qo’laniladi: