Fizikaviy xossalari. Oksikislotalar suyuq yoki qattiq moddalar bo’lib suvda yaxshi eriydi. Oksikislotalarning kislotalik hususiyatlari tegishli kislotalarnikiga qaraganda kuchli ifodalangan. Masalan, glikol kislotaning kislotalik konstantasi sirka kislotanikiga qaraganda 6,5 marta katta.

Kimyoviy xossalari. Oksikislotalar kimyoviy xossalari jihatidan kislotalar va spirtlarning xossalarini takrorlaydilar. Kislota sifatida ular, tuz murakkab efir, amidlarni hosil qiladilar. Masalan:
5., - va boshqa kislotalar qizdirilganda laktonlarni hosil qiladilar.
Alohida vakillari.
Alohida vakillari.
Bir asosli 2 atomli oksikislotlar ko’p bo’lganligidan ularning muhim vakillari ustidagina to’xtalamiz.
Glikolkislota НОСН2-СООН oksikislotalarning eng oddiy vakili. U birinchi marta etilеnglikolni oksidlab olingan shuning uchun glikol kislota dеb ataladi. Glikol kislota tabiatda yaxshi pishmagan mеvalarda uchraydi. U asosan xlorsirka kislota yoki uning tuzini katalizator ishtirokida gidroliz qilib olinadi:
Sut kislota(α-oksipropion kislota). U achigan karamda, tuzlangan bodringda bo’ladi. U sut kislotaning nitrilidan va qandsimon moddalarning sut kislotali bijg’ishidan olinadi.
C6H12O62CH3–CHOH–COOH
Sut kislota texnikada ko’nchilikda, gazmollarni bo’yashda va boshqa sohalarda ishlatiladi.