Ikki asosli uch atomli oksikislotialarga olma kislota misol bo’la oladi.
U sistematik nomenklaturada gidroksibutandikislota deb nomlanadi.
Olinishi.Olma kislotani brom qahrabo kislotani gidrolizlab, yoki malein va fumar kislotalariga suv biriktirib hosil qilish mumkin.
Kimyoviy xossalari.
Kimyoviy xossalari.
Kimyoviy xossalari bo’yicha olma kislota - va -oksikislotalarning xossalarini takrorlaydi. Qaytarilganda qahrabo kislotani, suvni toritb olinganda esa malein yoki fumar kislotani hosil qiladi.
Olinishi.Sanoatda olma kislota malein angidridiga suv biriktirib olinadi. Bunda optik jihatdan faol bo’lmagan (ratsemat) olma kislota hosil bo’ladi. (suyuqlanish harorati 130-1310C):
Alohida vakillari.Olma kislotasi olmada, ryabinada, maxorkada bo‘ladi. Olma kislota oziq-ovqat sanoatida keng qo’llaniladi.
Ikki asosli to’rt atomli oksikislotalar.
Ikki asosli to’rt atomli oksikislotalar.
Ikki asosli to’rt atomli oksikislotalarga vino kislotalar misol bo’ladi.
HOOC – CHOH – CHOH – COOH
Vino kislota sistematik nomenklaturada 2,3-digidroksibutandikislota deyiladi.
Vino kislota tuzilishida ikkita asimmetrik uglerod atomi bo’lganligi sababli to’rtta optik izomer hosil qilish kerak edi.
Tekshirishlar natijasida shu narsa aniqlanganki, vino kislotalar 4 ta emas, 3 ta izomer hosil qilar ekan. Yuqorida keltirilgan 3 va 4 formulalar bitta molekulani optik faol bo’lmagan vino kislotani tuzilishini ifodalar ekan. D va L vino kislotalardan hosil bo’lgan ratsemat – uzum kislota deb ataladi.
Olinishi.
Olinishi.
Vino kislotalar sintetik usulda dibrom qahrabo kislotani gidrolizlab yoki malein va fumar kislotalarga vodorod peroksid ta’sir ettirib hosil qilinadi:
D -vino kislota o’simlik dunyosida keng tarqalgan (uzumda, ryabinada va x.k.). uning kaliyli nordon tuzi uzumni bijg’ishi vaqtida changlarning tagida vino toshi ko’rinishida cho’kadi.
Kimyoviy xossalari.
d – (+) vino kislotani qizdirilganda pirouzum kislotaga aylanadi:
Alohida vakillari. Vino kislotasi vinolarning achishi natijasida hosil bo‘ladi. Vino kislota bo’yoqchilikda oziq-ovqat sanoatida, uning kaliyli-natriyli tuzi NaKC4H4O6 4H2O segnet tuzi nomi bilan kimyoviy analizda va radiotexnikada ishlatiladi.