Murodova D


c) Tasviriy san’at va badiiy hunarmandchilik



Yüklə 388,77 Kb.
səhifə10/22
tarix16.05.2023
ölçüsü388,77 Kb.
#113934
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
c) Tasviriy san’at va badiiy hunarmandchilik.
O‟rta Osiyoning eftaliylar davri san‟atining o‟ziga xos xususiyati unda antik davrning yakuniy bosqichi hamda ilk o‟rta asrlarga xos ko‟rinishlarning mavjudligidir. Tohariston va So‟g‟dda shivaizm hamda mahalliy xalq e‟tiqodlarini uyg‟unlashtiruvchi san‟atning o‟ziga hos “eftaliycha” maktabi shakllandi. Bu davr moddiy madaniyati yodgorliklari sirasiga Toharistondan topilgan eftaliylarning o‟yma gemma-muhrlarini kiritish mumkin. Ular almandin toshlardan yasalib yuza qismi bo‟rtirib, orqa qismi esa tekislab ishlangan. Unda erkak kishining yon tomondan tasviri aks ettirilgan. Uning chap tomonida esa “Asparobido” (otliqlar boshlig‟i) degan yozuv bitilgan. Ilk o‟rta asrlarga oid devoriy suratlar esa Dilberjin (Afg‟oniston), Bolaliktepa, Ajinatepa, Kofirqala (Tojikiston), Qal’ai-Kofirnihon, Qal’ai Shodmon kabi yodgorliklardan topilgan. Bu devoriy suratlardagi tasvirlarning mavzusi asosan diniy e‟tiqod marosimlariga oid bo‟lib, Bolaliktepa yodgorligi esa bundan mustasno. San‟atshunoslar shu davrga oid turli rassomlik maktablarini aniqlaganlar. Jumladan, Tohariston rassomlik maktabiga: Bolaliktepa, Ajinatepa, Kofirqala (Tojikiston); shimoliy Tohariston rassomlik maktabiga: Quva va Yettisoydagi buddaviylik ibodatxonasi; g’arbiy o’lka rassomlik maktabiga: So‟g‟ddagi, Xorazm va Varaxsha saroylaridagi tasvirlar, Qahqaha (Ustrushona) va Afrosiobdagi ixshidlar saroyidagi devoriy suratlar hamda Tok-kaladagi ostadon tasvirlarini kiritganlar.
Yuqoridagi tasvirlar qatorida buddaviylik yodgorligi Qoratepadan topilgan IV-V asrlarga oid devoriy suratda tasvirlangan erkak kishining tasviri ham eftaliylar gemma va tangalaridagi tasvirlar bilan o‟xshashligi olimlar tomonidan e‟tirof etildi. Bu topilmalar qatorida qadimgi Marv buddaviylik yodgorligidagi buddaviylik stupasi yonidan budda haykalining bo‟laklari bilan birga topilgan vazani misol qilish mumkin. Ushbu vazadagi tasvirlar kishida o‟zgacha qiziqish uyg‟otadi. Vazaning ichida V-VI asrlarga oid Sanskrit tilidagi qo‟lyozma saqlangan bo‟lib, uning o‟zi rasmlar bilan bezatilgan. Vazadagi sahnani mavzu jihatdan to‟rt qismga ajratish mumkin. Birinchi qismda vazada tasvirlangan odamning bazm payti, ikkinchisi ov payti, uchinchi sahnasi uning kasalligi va to‟rtinchi sahnasi esa uning dafn marosimidan iboratdir.
Eftaliylar davriga oid terrakotalar asosan Chog‟aniyon hududlaridan topilgan bo‟lib ular V-VIII asrlar bilan belgilanadi. Bu terrakotalardagi tasvirlar asosan bodhisatvalarni aks ettiradi.
V-VI asrlarda ayol haykalchalari keskin qisqarib, o‟rniga boy liboslar kiygan, qo‟lida katta ikki tomonlama qilich tutgan salobatli hukmron va ma‟bud haykalchalari ko‟payadi. Yerqo‟rg‟on ibotadtxonasida bunday haykalchalardan o‟nlab topilgan bo‟lib, ularda katta qilichga tayangan va otashgoh ushlagan odam tasvirlangan. Bu tasvirlardagi odam – muqaddas olovni saqlovchi va asraguvchi shoh, ayni paytda o‟zi kohin ham bo‟lgan. Shu davrlarda So‟g‟dda homilador ayol tasvirlari bilan birga jinsiy tomoni bo‟rttirib ko‟rsatilgan erkak haykalchalari paydo bo‟ladi. Ana shunday haykalchalar Yerqo‟rg‟ondan,
Xorazmning Bozorqal‟asidan esa tumor sifatida ishlangan ikkita lingam shaklidagi taqinchoqlar topilgan. Ular hosildorlikka homiy erkak zoti namoyondalarini aks ettirgan. Bu ramzning qadimgi topilmalari chorvachilik va qishloq xo‟jaligi bilan shug‟ullangan qabilalarning hosildorlik e‟tiqodlariga borib taqaladi.
Shu davr kulolchiligiga doir namunalarda asosan turli ko‟rinishdagi chiziqlar hamda ularning dastalarida turli hayvon va odam tasvirlarini uchratish mumkin. Qashqadaryoning Yerqo‟rg‟on ibodatxonasi atrofidagi kulollar mahallasi VI asrgacha mavjud bo‟lib, keyinchalik eftalit davlati qulashi oqibatida vayron etilgan. Ko‟pchilik uylarda hunar homiysiga bag‟ishlangan ikkita yoki bitta eshikli alohida xona bo‟lib, loydan bejirim buyum yasab, uni tandirda yaxshi kuydirish va omadli sotish uchun kulolchilik xunari homiylariga toat-ibodat etilib, qurbonlik keltirilgan. Mahalla uylarining bir xonasida erda diametri 30 sm bo‟lgan chuqurcha kuydirilmagan idish va xum siniqlari bilan to‟ldirilgan. Bu – kulol o‟chog‟iga navbatdagi xom ashyono solishdan oldin, natija yaxshi bo‟lishi uchun olov ilohiga qurbonlik keltirilgan tortiq bo‟lgan. Shuningdek, kulollar mahallasida IV-VI asrlarga mansub bo‟lgan kichkina sopol obi nonlar topilgan. Olimlar ularni novvoylar tumor sifatida ishlatganlar yoki baraka keltirsin deb uyda saqlanganligini e‟tirof etadilar.
To‟quvchilar mahallasida esa to‟qimachilik langarchalari va so‟richalari qurbonlik qilingani aniqlangan.
O‟zbekiston hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar orqali eftaliylar davri badiiy hunarmandchiligiga doir bir qator qimmatbaho materiallar ham qo‟lga kiritlgan.
Ular qatorida Samarqand shahrining Chelak qishlog‟idan topilgan kumush lagandir. Ushbu topilma bir tomondan badiiy bezagining o‟ziga hosligi bilan ajralib tursa, ikkinchi tomondan eftaliylar davri metal o‟ymakorligining (torevtika) yuqori darajaga ko‟tarilganligidan dalolat beradi. Ushbu idishning tag qismida erkak kishining chap tomonga qarab qo‟lida lotos (nilufar guli) ushlab turgan holdagi tasviri o‟yib ishlangan. Idishdagi tasvirning markaziy qismida esa raqs tushayotgan ayollar tasvirlangan. Ushbu topilma B.I. Marshak tomonidan idishning tagidagi erkak tasviriga asoslangan holda eftaliylar davriga oid deb topildi. Chunki bu tasvir eftaliy hukmdorlari Toraman va Kingilaning 430-490 yillarda zarb ettirgan tangalardagi tasvirlarga juda yaqindir. Ularda hukmdorlar tasviri yirik etib tasvirlanib, burninig kattaligi va baland uzunchoq bosh kiyimi bilan ajralib turgan. Ushbu topilma san‟atshunos olima G.A. Pugachenkova tomonidan yetarlicha talqin etib berilgan. B.I.
Marshak tomonidan ushbu topilmadagi tasvirlar o‟z uslubi jihatidan Hind san’atiga yaqinligi e‟tirof etildi.
Shu o‟rinda ta‟kidlash joizki, eftaliylar davrida Markaziy Osiyoning katta qismi va Shimoliy Hindistonnig yagona bir davlatga birlashtirilishi madaniy aloqalar uyg‟unligiga ham katta ta‟sir ko‟rsatgan. Shuningdek, eftaliylar davri qo‟shiqlari va eposlari ham mavjud bo‟lganki ular haqida Firdavsiyning “Shohnoma ” asari hikoya qiladi. Sharqda qadimdan nishonlanib kelingan Navro‟z va unga xos xalq marosimlari Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda va hududlarda keng bayram qilingan. Eftaliylar shaharlarida mangu olov uylari – otashkadalar bo‟lib ular zardushtiylik dinining muqaddas maskanlari sifatida aholi tomonidan ziyorat etilgan. Xullas, eftaliylar davrida o‟lkamiz xalqlari o‟ziga xos boy madaniy va ma‟naviy turmush tarzini yaratib, undan bahramand bo‟lganlar. Ayni chog‟da, ular o‟zlaridan keyingi avlodlar uchun munosib iz qoldirganlarki, bunga ularning davriga oid turli hududlardan topilgan ko‟plab noyob topilmalar, osoriatiqalar guvohdir.

Yüklə 388,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin