Murodova D


Turk xoqonligining vujudga kelishi. Tarixiy, siyosiy, iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy hayot



Yüklə 388,77 Kb.
səhifə12/22
tarix16.05.2023
ölçüsü388,77 Kb.
#113934
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22

Turk xoqonligining vujudga kelishi. Tarixiy, siyosiy, iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy hayot


O‟zbekiston davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o‟rin egallaydi. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg‟u, O‟g‟iz, To‟qqiz o‟g‟iz, O‟ttuz tatar, Qarluq, Qiton, Tolis, Turk, Uyg,ur, Quruqan, Duba va boshqalar yashardilar. VI asr boshlarida Oltoy o‟lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O‟sha paytda hozirgi Mo‟g‟uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi Turkiy qavmlar orasida Ashin urug‟ining mavqei ko‟tariladi. Ashin urug‟iga mansub Asan va Tuu 460-545-yillarda boshqa urug‟larni o‟zlariga bo‟ysundiradilar va Oltoydagi turkiy qabilalar ittifoqiga asos soldilar. Tuuning o‟g‟li Bumin Tele qabilasini ham bo‟ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551-yilda Jujan xonining qo‟shinlarini yengib, ularni o‟zlariga bo‟ysundiradi. Bumin 552-yilda Xoqon deb e‟lon qilinadi va yangi davlat – Turk xoqonligiga asos soladi.
Uning poytaxti Oltoydagi O‟tukan shaxri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug‟i ortib borgan. U ko‟p bor Xitoyga yurishlar qilib , uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk xoqonligiga har yili o‟lpon tariqasida yuz bo‟lakdan iborat ipak mato berib turishga majbur bo‟lgan.
Turk xoqonligi xususidagi manbalar yetarli bo‟lsada, lekin ularning ko‟pchiligi bir-biriga qarama-qarshi ma‟lumotlar beradi.
Bular qatorida Xitoy manbalari, mashhur “O‟g‟iznoma”, O‟rxun Enasoy yozuvlari, Qultegin bitiklari, VI asr oxirida yashagan vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna Efessiylarning tarixiy asarlari qimmatli manbalar hisoblanadi.
Shuningdek bu to‟g‟ridagi ma‟lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy, Denovariy (IX-X asr), Abu Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqalar asarlarida uchraydi. “Alpomish”, “Go‟ro‟g‟li”, “Manas” kabi umumturkiy xalq dostonlari, o‟rta asrlardagi Mahmud Qoshg‟ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib kabi turkiy mualliflar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to‟g‟risida ma‟lumotlar keltiriladi.
Yusuf Xos Hojib o‟zining “Qutadg‟u bilig” (Saodatga yo‟llovchi bilim) asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp Er Tunga to‟g‟risida shunday deb yozadi: “u bilimdon, zakovatli katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uninig shon-shuhratini dunyoga taratgan. U turk beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi”.
Tarixda turklarning kelib chiqishi haqida ko‟plab afsona va rivoyatlar mavjud. Bir afsonada ko‟rsatilishicha, g‟arbiy dengiz qirg‟og‟ida yashagan turkiylarning ota-bobolari qo‟shni qabilalar tomonidan qirib tashlanadi. Shunda 10 yoshli bola yashirinib tirik qoladi.
O‟sha yerdagi urg‟ochi bo‟ri unga xotin bo‟ladi. Bolani bo‟ri Turfon tog‟lariga olib chiqib ketadi. O‟sha yerda bo‟ri 10 ta bola tug‟adi. O‟g‟illardan birining nomi Ashin bo‟lib, u keyinchalik yangi qabilaning rahbari bo‟ladi. Afsonaga ko‟ra “Turk” so‟zi Oltoy tog‟larining eng qadimgi nomidan kelib chiqqan. Xitoy yozma manbalarida Turklar “xun” nomi ostida eramizning 92 yilida Oltoyning etaklariga kelib o‟rnashgan. Bu urug‟ Ashin urug‟i nomi bilan atalgan. Xitoylar Ashin qabilasini “Tuk-yu” deb ham ataganlar. P. Pelyu bu so‟zni “Turk-yut” (ya‟ni turkiylar) deb izohlaydi. “Turk” atamasi kuchli, baquvvat degan ma‟noni anglatadi.
Avval bu urug‟ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan barcha qabila urug‟larga ham umumiy nom sifatida yuritiladi. Bumin yangi davlat- Turk xoqonligiga (551-744) asos soladi va Ili daryosi bo‟yida hukmdor deb e‟lon qilingach, “Ilixon” degan unvonni oladi. Turklar hukmdori o‟zini hoqon (turkcha qag‟an) yurita boshlaydi. Bumin o‟z ukasi Istamiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibuarabcha, Stembi-xagan yunoncha), birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaldori darajasiga to‟g‟ri keluvchi “Yabg‟u” unvonini berib u bilan birgalikda o‟z davlatini kengaytirish payiga tushdi. Istami ko‟proq g‟arbiy yo‟nalishga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi, turkash, uzli qabilalarini o‟ziga bo‟ysundiradi.
553-yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o‟g‟li Mug‟anxon (553-572) o‟tiradi. Muganxon 558-yilda jujanlarga so‟nggi bor qaqshatgich zarba berib, o‟z davlati hukmronligini Tinch okeanigacha bo‟lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami xoqonkik hududini g‟arbga tomon kengaytirib, Yettisuv, Qashqar va boshqa hududlarni egallaydi.
563-567-yillar davomida Istami qo‟shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib , O‟rta Osiy va Kaspiy dengizigacha bo‟lgan yerlarni egallashga muvaffaq bo‟ladi. Buning oqibatida eftaliylar davlati qulaydi Muqanxon hukmdorligi davrida turk xoqonligi yuksak cho‟qqiga kotariladi. 554-yil Muqan xoqon Sharqqa yurish qilib Uzoq Sharq o‟lkalarini o‟ziga bo‟ysundiradi va Tinch okeani qirg‟oqlariga chiqadi. U O‟rxun, Tug‟la Selenga daryolari bo‟ylaridagi qirg‟izlarni, Baykal atroflaridagi uyg‟urlarni o‟ziga bo‟ysundiradi. 558-yili turklar Ural va Volga bo‟ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko‟chmanchi ovarlar bilan to‟qnashadi.
Xoqonlikning bevosita g‟arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh xoqon Muqanxon ham savdo yo‟li va uning ahamiyatini tushunib bu masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg‟u So‟g‟d ixshidiga bu masalani hal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur so‟g‟d savdogari va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo‟natiladi. Xusravshoh o‟z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, so‟g‟diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so‟ng uni elchilar ko‟z o‟ngida yig‟ib yoqib tashlaydi.
Istami bu voqeadan qattiq ranjisada Xusravshoh huzuriga ikkinchi marotaba o‟z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan iborat bo‟lib, uning natijasidan yaqin oradagi siyosat namoyon bo‟lishi kerak edi. Bu safar turk elchlari zaharlab o‟ldiriladi. Ularning faqatgina bir nechasigina xoqon huzuriga yetib keladi. O‟z ishlarini sosoniylar “Turklar issiq ob-havoni ko‟tarisha olmadilar” deb berkitishadi. Istami Xusrav I Anushirvon qo‟shinlarini tor-mor qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi. Eftaliylar o‟z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o‟z qo‟llariga qaytarib oladilar. Eron tinchlik sulhiga kelishib 40 ming vizantiya tillasi to‟lash majburuiyatini oladi. Undan so‟ng Eron bilan Vizantiya o‟rtasida urush boshlanib ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoladi.
576-yili Muqanxon va Istami yabg‟ularning vafotidan so‟ng Turk xoqonligining ta‟siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin Chur Bag‟a xoqon qo‟mondonligidagi 300000 kishilik turk qo‟shinini tor-mor qiladi. Bahrom Chubin Buxoro yaqinidagi Poykend shahriga bostirib kirib xoqonning o‟g‟li Barmuda Teginni asirga oladi. Xoqon xazinasini esa Eron shohi Xormuzdga yuboradi.
Turk xoqonligi 568-569-yillarda o‟sha davrning qudratli davlati-
Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o‟rnatishga intilib , So‟g‟ savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yuboradi.
Elchilar imperator Yustinian qabulida bo‟ladi. Shundan so‟ng Zemarx boshliq elchilari xoqonlikka keladi.
Turk xoqonlari O‟rta Osiyoda hukmronlik qilgan bo‟lsalarda biroq o‟zlari bu hududga ko‟chib kelmaganlar.
Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida qolib bo‟ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib ulardan olinadigan soliq-o‟lponlar va to‟lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan ko‟rinadiki Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari , ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyati davom etgan Xoqonlik istisno hollardagina o‟lkaning ijtimoi-siyosiy hayotiga aralashgan Bu narsa ko‟proq tashqi siyosat , xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta‟kidlanganidek, Zarafshon,Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida 9 ta mustaqil hokimlik mavjud bo‟lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg‟, Kesh, Naqshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Samarqand, buxoro, Xorazm, Choch, hokimliklari o‟zlariga ancha mustaqil bo‟lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo‟lgan. Shu bilan birga, bu nisbatan mustaqil hokimliklar o‟rtasida o‟zaro kurash va ichki ziddiyatlar bo‟lib turgan. Bu esa mahalliy aholi turmushini nochor axvolga olib kelgan. 585-586- yillardagi Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi
Abro‟y boshchiligidagi qo‟zg‟olonga sabab bo‟ladi. Xoqon Qoracho‟rin qo‟shinlari qo‟zg‟olonni bostirib, qo‟zg‟olonchilarni qattiq jazolaydi.
Bo‟ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi xoqonlikni zaiflashtira bordi. Muqon xoqon vafotidan so‟ng taxtga uning ukasi Arslon To‟ba o‟tirdi. Arslon to‟ba buddiylikka berilgan bo‟lsada, mamlakatni mustahkamlash uchun Si saltanati bilan shartnoma tuzadi. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish choralarini ham ko‟rdi. Ammo 581-yilda Arslon To‟ba vafot etgach Turk xoqonlari o‟rtasida o‟zaro kurashlar avj olib ketadi. Natijada xoqonlik ikki qismga bo‟linib ketdi.
Ular G‟arbiy turk xoqonligi (uning tarkibiga O‟rta Osiyo, Sharqiy Turkiston hudulari kirgan) hamda Sharqiy turk xoqonligi (uning tarkibiga Mo‟g‟uliston hududlari kirgan). Sharqiy xoqonlikni Arslon To‟baning kichik o‟g‟li Ishbara boshqara boshlaydi.G‟arbiy xoqonlikka Istami yabg‟uning o‟g‟li Qora Churin boshchilik qilgan. Qora churin
Istamining vafotidan so‟ng bu taxtga o‟tirgan bo‟lib, boshqa xoqon va xonlar ichida eng qobiliyatlisi va tadbirkori edi. Qora Churin qarib qolgan vaqtida taxminan 600 yillarga kelib o‟zini xoqon deb e‟lon qiladi. U Bug‟u xoqon (qaxramon xoqon) degan nomni oldi
G‟arbiy turk xoqonligida shaharlar rivojlanishi, Eron va Xitoy bilan qizg‟in savdo-sotiq va diplomatik aloqalar kuzatilgan.
Xitoyda Tan sulolasi davrida (618-907-yil) G‟arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o‟rtasida aloqalar keng yo‟lga qo‟yiladi. Masalan 627-644- yillarda O‟rta Osiyodan Xitoyga 9 marta savdo karvonlari yuborilgan. VII asrning 30-yillarida xoqonlik hududlarini kezgan xitoylik sayyoh Syuan Tsin Issiqko‟l, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro kabi joylarning ancha gavjum va obod bo‟lganligini qayd etadi.
Yarim asrlik hukmronlik jarayonida turklarning bir qismi o‟troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan aralashib ketadi. O‟troq hayotning an‟anaviy-ma‟muriy udumlari ta‟sirida boshqaruv tarkiblari asta-sekin o‟zgarib, turklarning ijtimoiy va siyosiy mustahkamlanib boradi. Turklar siyosiy hayotda faol qatnashib, O‟rta Osiyo siyosatining barcha jabhalarida teng qatnasha boshladilar. Xoqon Shego‟y vafotidan so‟ng hokimiyatga kelgan To‟n yabg‟u davrida xoqonlar yanada kuchayadi.
Uning davrida boshqaruv tartiblari isloh etildi. Turk xoqonligida butun saltanat ustidan oily hukmronlikni Xoqon olib brogan. Bu lavozim merosiy bo‟lgan Xitoy manbalariga ko‟ra ota doimo o‟z o‟g‟liga taxtni qoldiravermay, balki undan kattaroq turgan qarindoshlariga qoldirishi lozim bo‟lgan. Bundan tashqari shunday hollar ham bo‟lganki, taxt sohibini “ulus oqsoqollari” tayinlagan. Xitoy manbalariga ko‟ra, turkiylar xonni taxtga o‟tqazishda maxsus marosim o‟tkazganlar: amaldorlar bo‟lajak xonni kigizga o‟tkizib, quyosh yurishi bilan 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar uni qutlab turganlar. Keyin xonni otga o‟tqazib, bo‟yniga ipak mato bo‟g‟laganlar. Keyin undan so‟raganlar: “Siz necha yil xon bo‟lmoqchisiz?”. U necha yil xon bo‟lishini aytgan va shu muddat tugaganidan keyin taxtdan ketgan. Xoqondan keyinga shaxs “yabg‟u” davlatdagi birinchi amaldor vazifasida bo‟lgan. Ammo yabg‟u taxtga merosxo‟rlik qila olmas edi. Taxt merosxo‟ri “tegin” (shaxzoda) deb yuritilgan. “Tudun” unvoni hukmdorning joylardagi noibiga berilgan. Ular mahalliy hokimlar siyosatini, boj soliq ishlarini nazorat qilganlar.Ko‟chmanchilarning asosiy qismi chorvadorlardan iborat edi. Bunday xalq ommasini turklar “budun” yoki “qora budun” deb atashgan.
Tan sulolasi 659-yilda Sharqiy Turk xoqonligini o‟ziga bo‟ysundiradi. VII asr ikkinshi yarmida anca kuchaygan Xitoy O‟rta Osiyo hududlarini ham o‟z qo‟l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670- yilda tibetliklar bosh ko‟tarib, shjarqiy turk xoqonligini yangidan tiklaganlaridan so‟ng, bu davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, Xitoy O‟rta Osiyoga bo‟lgan o‟z da‟vosidan voz kechadi. Xitoyning e‟tibori endi Tibetga qaratiladi. Bu davrda O‟rta Osiyo hududlarida G‟arbiy turk xoqonligi ta‟siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahalliy hokimliklar o‟rtasidagi ichki ziddiyatlar, yer –mulk uchun o‟zaro kurashlar ham sabab bo‟ladi.
Turk xoqonligining sharqiy yerlaridan farqli o‟laroq g‟arbiy hududda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori bo‟lgan. Sharqiy hududlarda yashagan ko‟pchilik ko‟chmanchi elatlarda urug‟-qabilachilik munosabatlari hamon kuchli saqlangan. Aholining quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb atalgan. Urug‟-qabilaning nomdor vakillari “bek”lar deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodagonlar kengashi – “Qurultoy” boshqargan. O‟rta
Osiyo yerlarida esa bu davrda dehqonchilik, bog‟dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan. O‟lkaning Farg‟ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko‟plab suv ayirg‟ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod etilgan.

Yüklə 388,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin