KURS ISHI Bajardi: 401-guruh talabasi:
Yakubova Dilorom Navruzbek qizi_______
Rahbar: “Musiqa nazariyasi” kafedrasi
oʻqituvchisi
Shukurova N._______ TOSHKENT – 2023
Mundarija KIRISH I BOB. 1.1 Rus klassik musiqasining rivoji.
1.2 Glinkaning ijodiy faoliyati.
ASOSIY QISM II BOB. Glinka rus musiqasining asoschisi sifatida yaratgan yorqin asarlari 2.1 Glinkaning opera ijodi
2.2 Glinkaning romanslari
2.3 Glinkaning simfonik ijodi
XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etib kelinmoqdaki, ta’lim jarayonini isloh qilishda jahon ahdozalariga mos keladigan uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, ta’lim samaradorligini yuqori bosqichlarga ko‘tarish masalalarining ijobiy hal etilishiga erishish dolzarb pedagogik vazifalar sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Shu sababli ta’limiy islohotlarning muhim yo‘nalishi o‘qitish ishlarini tashkil etadigan va barkamol shaxs tarbiyasi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan muassasalar faoliyatiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni samarali tashkil etishdan iborat etib belgilandi. Mazkur g‘oya O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham o‘z aksini topdi. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog‘langan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. Barkamol insonni tarbiyalash uchun esa ta’lim muassasalarida qolipga solingan emas, balki zamon talablari darajasidan kelib chiqib talabaning mustaqil faol va ongli mehnatiga asoslangan, uning ijodiy faoliyatini rag‘batlantiradigan, tafakkurini rivojlantiradigan, vaqtini tejaydigan, bilim o‘rganishini Yengillashtiradigan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga ularni tadbiq etish orqali darslarni tashkillashtirish lozim.
Ayniqsa, Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida qo‘yidagi fikrlarni keltirgan edi - “Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir so‘z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga etaklaydi. SHu sababli, ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya’ni, ta’lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, farzandlarimiz har tomonlama kamol topishi uchun, barcha sharoitlarni yaratish lozim”1.
Ushbu fikrlar ijrosi yuzasidan mamlakatimiz ta’lim tizimida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni, ilg‘or innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’limni tashkil etish: 1) o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish; 2) o‘quvchilarning mustaqil o‘qib-o‘rganishlari; 3) o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish; 4) ularda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga ijodiy yondashuvni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoitni yaratishga yordam beradi. Buning ta’sirida, yana shuningdek, o‘quvchilarda bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, mustaqil, erkin fikrlash qobiliyati rivojlanadiki, mazkur holat ta’lim sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini belgilab beruvchi muhim me’yoriy hujjatlarda alohida qayd etilganidek, ta’lim jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish ijtimoiy maqsad – komil inson va malakali kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda yuqori natijalarga erishishni kafolatlaydi. Pedagogik texnologiya nazariyasining muhim jihati – har bir pedagogning o‘z imkoniyati darajasida, turli yoshdagi ta’lim oluvchilarning muhim xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning o‘quv faolliklarini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalana olishi hisoblanadi.
Yuqoridagi qayd etilgan fikrlardan kelib, bugungi kun ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar mazmunini anglagan holda ushbu mavzu o‘z dolzarbligi bilan alohida o‘rin tutadi.