Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Katta guruhda o’tkaziladigan musiqa mashg`ulotining vazifasi nimalardan iborat?
2. Katta guruh bolalarining psixologik tuzilish qanday?
Mavzu: Tayyorlov gurularda musiqа mаshg’ulоti
Reja:
1. Tayyorlov guruhda o`tkaziladigan musiqa mashg`ulotining vazifasi.
2. Tayyorlov guruh bolalarining psixologik tuzilish.
Tayyorlov guruhda musiqa mashg`ulotlarini o`tkazishdan maqsad va ko`zda tutilgan vazifalar quyidagilardan iborat:
- musiqiy janrlarni ajrata bilishga, musiqa mazmunini tushunishga o`rgatish;
- musiqaning kirish qismi, boshlanishi, yakuni, naqorat, tempi, dinamikasini farqlashga o`rgatish;
- qo`shiqni tabiiy, yengil, jarangdor, yoqimli ovozda kuylash. Musiqa jumlalari orasida yelkalarni ko`tarmasdan nafas olish, so`zlarni aniq, ravon talaffuz qilish, qo`shiqni barobar boshlab, barobar tug`atishga o`rgatish;
- musiqaning turlicha xarakteri, dinamikasi va registriga mos ifodali hamda erkin harakat qilishga o`rgatish;
- bolalarni tantanavor, bayramona ritmda, shiddatli va kichik qadamda yurish kabi harakatlarni musiqa xarakteriga mos ravishda bajarishga o`rgatish; bolalarning cholg`ularda ijro etilgan kuy ohangiga qiziqishini kuchaytirish, turli cholg`ularda chalishning eng sodda usulini o`rgatish. Ansambl va orkestrda kuyni aniq ifodalab ijro etish.
6-7 yoshda bolalarda turli xarakterdagi musiqalarga nisbatan faol qiziqish va emotsional ta’sirchanlik o`sadi, musiqiy idroki rivojlanadi, qo`shiqning qaysi qo`shiq ekanini kirish qismi yoki umumiy ohangidan bilib olishni o`rganadilar. Musiqa taassurotlarini boyitish, musiqiy tovushlar baland-pastligi, ritm, tembri, dinamikasini ajrata olish qobiliyati rivojlanadi, turli shakllar, janrlar ( marsh, raqs, alla) haqida tushunchaga ega bo`ladilar. Tovushni to`g`ri hosil qilish, sof intonatsiya, musiqa ostida ritmik harakatlarning ifodaliligi, raqs va o`yinlarda obrazli harakatlar, bolalar cholg`u asboblarining tovush tembrlarini ajrata bilish, ijro etish kabi ijrochilik malakalari shakllanadi.
Tayyorlov guruh uchun musiqa mashg`ulotining davomiyligi 30-35 daqiqadan iborat bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |