Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Ilk yosh guruh bolalarining psixologik- fiziologik tuzilishi qanday?
2. Ilk yosh guruhda o’tkaziladigan musiqa mashg`ulotining vazifasi nimalardan iborat?
Mavzu: Kichik gurularda musiqа mаshg’ulоtlаri.
Reja:
1. Kichik guruhda o’tkaziladigan musiqa mashg`ulotining vazifasi.
2. Kichik guruh bolalarining psixologik tuzilish.
Kichik guruhlarda musiqa mashg`ulotlari o`tkazishdan maqsad va ko`zda tutilgan vazifalar quyidagilardan iborat:
- bolalarning sog`lig`ini mustahkamlash;
- jamoada birgalikda yurish ko`nikmasini rivojlantirish;
- bolalarda sensor tarbiyani rivojlantirish: ( ko`rish, eshitish, sezish, idrok etish);
- bolalarda ijobiy odatlarni shakllantirib borish;
- musiqaga hissiy (emotsional) javob bera olishini tarbiyalash;
- turli musiqa asboblari, magnit yozuvidagi kichik qo`shiq va kuylarni tinglashga ishtiyoq uyg`otish;
- o`yinchoqlar, rasmlarni qiziqish bilan ko`rishga undash;
- bolalarning musiqa ostida asosiy harakat turlari: to`g`ri yurish, yugurish, sakrashni o`rganib olishlariga yordam berish;
- musiqa ohangiga, ritmiga mos harakatlar bajarish, musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Bu yoshdagi bolalarda muomala qilish malakasi, o`yin faoliyati, ularni o`rab turgan olam haqidagi dastlabki tushunchalarni o`zlashtirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo`ladi. Bolalarda musiqa faoliyatining har xil turlarini idrok etishning o`ziga xos xususiyati namoyon bo`la boshlaydi. Ularga obrazli kuylar berish tavsiya etiladi: samolyot, qushchalar, ayiq, quyon kabilar. Musiqa tinglash vaqtida qo`shiqdagi o`yinchoqlarni ko`rsatish katta ahamiyatga ega. Kichik guruh uchun musiqa mashg`ulotining davomiyligi 15-20 daqiqadan iborat.
Dostları ilə paylaş: |