Musiqa metodikasi fanidan O’quv uslubiy majmua mavzu: mtmdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri. Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 197 Kb.
səhifə31/41
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#41349
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Musiqa metodikasi majmua

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. O`rta guruhda o’tkaziladigan musiqa mashg`ulotining vazifasi nimalardan iborat?

2. O`rta guruh bolalarining psixologik tuzilish qanday?

Mavzu: Katta gurularda musiqа mаshg’ulоtlаri

Reja:

1. Katta guruhda o’tkaziladigan musiqa mashg`ulotining vazifasi.

2. Katta guruh bolalarining psixologik tuzilish.

Katta guruh musiqa mashg`ulotlarini o`tkazishdan maqsad va ko`zda tutilgan vazifalar quyidagilardan iborat:

- bolalar nutqini takomillashtirish, so`zlarni aniq talaffuz etishga orgatish;

- musiqa asarlari bilan tanishtirishda bolalarning badiiy idrokini o`stirish;

- musiqa asarlaridan emotsional ta’sirlanish, ularga qiziqish uyg`otish;

- asar mazmuninning ifoda vositalarini aniqlay bilish ko`nikmalarini rivojlantirish;

- qo`shiq so`zlarini tabiiy ovozda, zo`riqmay, to`g`ri talaffuz qilib kuylashga o`rgatish;

- musiqaning yorqin xarakterini ifodalab, dinamika, tempi, registr o`zgarishlarni his etib yurish. Obrazlarni musiqali o`yinda ifodalash, oddiy ritmik kuylarni metallofonda ijro etish;

- oddiy ijrochilik malakasini shakllantirish. Fortepiano jo`rligida ovozning tabiiy va sof jarangdorligini hosil etish;

- turlicha kayfiyat beruvchi musiqa ostida ritmik harakatlarni bajarish, o`yin va raqs harakatlarini improvizatsiya qilish;

- bolalar cholg`u asboblarida oddiy ijrochilik usulini bajarish;

Katta guruh bolalarida musiqiy asar mazmuni va xarakterini idrok etish, o`z taassurotlarini hikoya qilib berish qobiliyati rivojlangan bo`ladi. Ular mashg`ulotda faol qatnashib, berilgan topshiriqlarni o`rta guruh bolalariga qaraganda aniq bajara oladilar. Besh yoshli bolalar musiqaning xarakteri va mazmuniga mos musiqiy-ritmik harakatlar tartibini eslab qolish va ifodali qilib ijro etishga moyil bo`ladilar. Qo`shiqlarni ohangli ijro etib, xalq raqs va o`yinlaridagi harakatlarni tayyorgarliksiz bajara oladilar. Bolalar cholg`u asboblarini tovush tembriga ko`ra ajratadilar va ularni turli uslublarda chalish qobiliyatiga ega bo`ladilar.

Katta guruh uchun musiqa mashg`ulotining davomiyligi 25-30 daqiqani tashkil etadi.


Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin