72
Vokal – xor mashg‘uloti – yakka holda ansambl va xor bilan jamoa bo‘lib
ashula aytish.
LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 2-SINF UCHUN
NOANANAVIY BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
MAVZU : «KUY NIMA? KUYDA NIMALAR
IFODALANADI?»
Darsning mavzusi: «Kuy nima? Kuyda nimalar ifodalanadi?»
Darsning maqsadi: O‘quvchilarni mustaqil fikrlash, erkin so‘zlash,
o‘zining mehnati bilan ko‘proq natijaga erishishga o‘rgatish.
Darsni jihozlash: Reja-konspekt, 2-sinf
uchun darslik, rasmlar, tarqatma
kartochkalar, test savollari.
Darsning turi: Noan’anaviy.
Darsning borishi: O‘quvchilar
bilan salomlashib, davomatni aniqlayman.
O‘quvchilarga bugungi darsimiz noan’anaviy tarzda, o‘yin shaklida
o‘tilishini tanishtirib o‘taman. Buning uchun turli
xil rasmli kartochkalar
yordamida sinf o‘quvchilarini uch guruhga bo‘lib, maxsus tayyorlangan partalar
atrofiga o‘tkazaman. Uch guruhni gullar tasvirlangan
kartochkalar yordamida
nomlayman.
I guruh: «Rayhon» guruhi.
II guruh: «Lola» guruhi.
III guruh: «Binafsha» guruhi.
Har bir guruhda (7-8 tadan o‘quvchi bo‘lishi mumkin).
O‘quvchilarga o‘yin shartlari va mezonlari tushuntiriladi. Har bir guruh
belgilangan vaqtda, berilgan topshiriqni shoshmasdan o‘ylab ko‘rib, fikrlab,
hamjihat bo‘lib savollarga javob berishi kerakligini eslatib o‘taman.
Javoblar
quyidagicha baholanadi:
5 ball – qizil kartochka (to‘g‘ri, to‘liq, tez javob uchun).
4 ball – yashil kartochka (to‘g‘ri lekin to‘liq emas).
3 ball – oq kartochka (javobda kamchiligi bor).
73
O‘yinimiz uch shartdan iborat bo‘ladi.
Shunday qilib 1-shart bilan tanishtiraman.
Aqliy hujum texnologiyasi: fikriy bog‘liqlik, xotira, mantiqni shakllantirish
uchun.
Uch guruh uchun sharlar ichiga savollar solib doskaga ilib qo‘yaman (har bir
guruh uchun 3 tadan savol solingan sharlar). Har bir guruhdan bittadan
o‘quvchilarni navbat bilan doskaga chiqarib, sharni yorib, savolga komanda bilan
muhokama qilib javob berish uchun topshiriq beraman.
Dostları ilə paylaş: