66
3. Birinchi sinfda qo‘shiq o‘rgatish metodlari.
4. Birinchi sinfda musiqa tinglashning o‘ziga xos xususiyatlari.
5. Birinchi sinfda yil chorak mavzularini aytib bering.
LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
1-SINF UCHUN BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
MAVZU : “OLTIN KUZ”
Darsning mavzusi: “Oltin kuz”.
1. Qo‘shiq: “Kuz”, N. Ro‘zimuhammedov she’ri, S. Abramova musiqasi.
2. Musiqa savodi: skripka yoki sol kaliti bilan tanishtirish.
3. Musiqa tinglash: «Jonon» o‘zbek xalq kuyi.
4. Bolalar cholg‘u asbobida jo‘r bo‘lish: «Kuz» qo‘shig‘iga mos bolalar
cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish.
5. Musiqali ritmik harakatlar bajarish: «Yurish marshi» F.
Nazarov
musiqasi.
Darsning maqsadi:
1. Tarbiyaviy: Qo‘shiq orqali tabiatga,
ona-Vatanga, mehnatga muhabbat
tuyg‘usini tarbiyalash.
2. Ta’limiy: Notalarni nomlarini aniqlashga yordam beradigan belgi “Sol”
kaliti bilan tanishtirish.
3. Rivojlantiruvchi: Marsh musiqasiga va qo‘shig‘iga
mos ritmik
harakatlarni bajarib o‘quvchilarni ritm tuyg‘usini rivojlantirish.
Darsning turi: Aralash.
Darsni jihozlash: Darslik, notalar, reja-konspekt, musiqa cholg‘u asbobi,
SD disk, bolalar cholg‘u asboblari:
uchburchak, marakassa, doirachalar, rumba,
yog‘och qoshiqlar, kuz fasli tasvirlangan rasm.
Dostları ilə paylaş: