Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Innovatsion texnologiya deganda nimani tushunasiz? 
2. Innovatsion texnologiyalar yordamida dars olib borishni maqsadi va 
vazifalalri. 
3. Darsning texnologik xaritasi qanday tuziladi va uning maqsadi. 
4. Qanday pedagogik texnologiyalar musiqa darslarida qo‘llaniladi? 
5. Interaktiv metod deganda nimani tushanasiz? 


58 
II BOB 
MUSIQA О‘QITISHNING METODOLOGIK ASOSLARI 
2.1. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MUSIQA 
O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZI FALARI 
Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda maktabda 
o‘qitiladigan barcha fanlar qatori nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo‘lgan 
musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuyg‘ularini, orzu-
istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va bolaning hissiyotlariga faol ta’sir 
ko‘rsatadi. Musiqa fani maktabda boshqa fanlarni o‘zlashtirishga ham bevosita 
ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa jonli san’at turi sifatida davr, hayot, tabiat va inson his-
tuyg‘ularini, orzu-istaklarini aks ettiradi. Uni quvontiradi, o‘ylantiradi va hayotdan 
ozuqa olishga xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nasr Forobiy 
aytganlaridek, «Bu fan tana sog‘lig‘iga foydalidir».
Bobomiz Shayx Sa’diy «Musiqa odam ruhining yo‘ldoshidir», degan edilar. 
Shunday ekan, biz musiqa o‘qitishni boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan 
boshlashimiz lozim. Chunki, boshlang‘ich sinfda musiqa ta’limotining poydevori 
qo‘yiladi. 
Boshlang‘ich maktabda musiqa o‘qitishning asosiy maqsadi boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilariga musiqa san’atini go‘zallik qonunlari asosida o‘rganish 
malakasini singdirish va ularga musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. 
Boshlang‘ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari, umumiy ta’limning axloqiy-
estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi bo‘lib hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitish quyidagi vazifalarni amalga 
oshirishni maqsad qilib qo‘yadi: 
1. O‘quvchilarda musiqaga ixlos uyg‘otish va ularning musiqiy 
qobiliyatlarini, ritm tuyg‘usini o‘stirish, musiqiy o‘quv, xotira, diqqat va badiiy 
didni shakllantirish. 


59 
2. O‘quvchilarda milliy musiqa merosimizga va u orqali ona-Vatanga 
muhabbat hissini tarbiyalash. 
3. O‘quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatini o‘stirish. O‘quvchilarda 
go‘zallikni ko‘ra bilish va hayotga go‘zallik olib kirish qobiliyatini rivojlantirish. 
O‘quvchilarning musiqiy ijodkorligini, taassurotini boyitishda, tasavvurlarini 
kengaytirishda musiqa tinglash faoliyatining ahamiyati katta. Musiqa tinglash 
darsining boshidan oxirigacha amalga oshadi, chunki musiqa madaniyati 
darslarining barcha faoliyat turlari (qo‘shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlar 
bajarish, musiqa tinglash) musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida 
ifodalanadi. Musiqa madaniyati darslari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini atrofdagi 
go‘zal narsalarni idrok eta olishga va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga 
xizmat qiladi. «Boshlang‘ich ta’lim uchun Davlat Ta’lim standartlari» asosida 
barcha fanlar qatori musiqa fanidan ham dastur ishlab chiqildi. Yangi dastur 
mazmunida milliy musiqamiz merosidan to‘laqonli foydalanish, ommaviy xalq 
kuylari va qo‘shiqlari, lapar, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqa o‘z aksini 
topgan. Dasturning bosh mavzusi «Musiqa va hayot» yil, chorak, dars mavzulari 
yil mavzusiga bo‘ysunadi va mantiqiy uzviy birlashib mazmunan bir butunlikni 
tashkil qiladi. Bu boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisidan ish mazmunini 
yangilashni talab etadi. Yangi dastur mazmunida dars o‘tish uchun musiqa 
o‘qituvchisi o‘zining musiqiy nazariy bilimlarini takomillashtirishi lozim, chunki 
o‘quvchilarning musiqa darsiga bo‘lgan qiziqishini o‘stirishda, yosh avlodni 
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda va ularni ma’naviyatli, ma’rifatli qilib 
voyaga yetkazishda o‘qituvchi yetakchi bo‘lib hisoblanadi. Barchaga ma’lumki, 
har qanday san’atkor ham maktabda musiqa darsini olib borolmaydi. Boshlang‘ich 
sinf musiqa o‘qituvchisi bo‘lish uchun o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan, 
yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxs bo‘lmog‘i lozim. U 
pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasining amaliy sohalarida chuqur 
bilimga ega bo‘lmog‘i lozim. Boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qituvchisining 
faoliyat miqyosi kengdir. Musiqa madaniyati darslari bilan birga u sinfdan tashqari 
musiqa tarbiyasi turlarini ham tashkil etishi va boshqarishi lozim.


60 
Maktabda sinfdan tashqari ochiq tarbiyaviy soatlar o‘tkazish, musiqa 
tarbiyasining ommaviy va to‘garak shakllarini olib borish, boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisi zimmasidadir. Bunga «Mustaqillik bayrami», «Bilimlar kuni», 
«O‘qituvchilar kuni», «Alifbe bayrami», «Yangi yil», «Navro‘z bayrami», bolalar 
shoirlari, san’atkorlar bilan uchrashuvlar kiradi. 
Bugungi mustaqillik sharoitida ta’lim muammolarini hal qilishda 
boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisi zamon bilan hamnafas qadam tashlab 
axborot texnologiyasi va ilg‘or pedagogik texnologiya malakalarini to‘liq 
o‘zlashtirish va shular asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etmog‘i lozim. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin