Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitishning asosiy maqsad va
mazmuni nimalardan iborat?
2. Boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitish metodikasiga qanday
vazifalar qo‘yilgan?
3. Yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda musiqa san’ati
qanday ahamiyatga ega?
Tayanch tushunchalar
Musiqa – turli-tuman tovushlar vositasida kuy yaratib beruvchi, g‘oyaviy
emotsional mazmunga ega bo‘lgan san’atning bir turi.
Musiqa etikasi – musiqa san’atining mohiyati, badiiy shakllari va
uslublarini o‘rganadigan fan.
Diskant – bolalarning birinchi ovozi.
Divizi – bir ovozni ikkiga bo‘linishi.
61
2.2. BIRINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING
MAZMUNI VA METODIKASI
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda
maktabda o‘qitiladigan barcha fanlar qatori musiqa madaniyati darslarining
ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuyg‘ularini orzu-istaklarini o‘ziga xos badiiy
tilda ifoda etadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar musiqa san’ati bilan bolalar
bog‘chalarida, oilada, radio va televideniyadan beriladigan ko‘rsatuvlar orqali
tanish bo‘ladilar. Musiqa madaniyati darslarida quvnoq kuy va qo‘shiqlarni
tinglash, kuylash, raqs elementlarini bajarish, chapak chalish hamda bolalar
cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish musiqaga ishtiyoqlarini yanada tez oshirib boradi.
Chunki
bu yoshdagi bolalarda hali diqqat-e’tibor uncha to‘liq shakllanmagan bo‘ladi, ular
ko‘proq serharakat va o‘yinga moyil bo‘ladilar.
Shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari psixologik-fiziologik xarakterga ko‘ra
ma’lum darajada xotirasi, nutqi, diqqati-e’tibori, ovoz apparatlari to‘liq
rivojlanmagan, ovoz pardalari nozik, kuchsiz bo‘ladi. Shunga ko‘ra bolalarni
musiqaga tobora qiziqtirishda, butun dars davomida ularni kayfiyatini saqlashda,
o‘qituvchi ochiq, samimiy, shirin muomalasi va yoqimli xatti-harakatlari bilan
erishishi lozim. Birinchi darsdan boshlab o‘quvchilarni musiqaga qiziqtirish yo‘li
bilan ularni musiqaviy o‘quvlari, qobiliyatlarini kuylash hamda ovoz sifatlarini
sinchiklab o‘rganib olishi va yuqoridagi sifatlarga ko‘ra ularni uch differensional
guruhga bo‘lish lozim.
I guruhga – iqtidorli, musiqiy o‘quvi, musiqiy qobiliyati rivojlangan
bolalar kiradi;
II guruhga – musiqani aniq eshita oladigan, ammo sozga o‘qituvchi
ovoziga tayangan holda tushadigan bolalar;
III guruhga – sozga umuman tusha olmaydigan musiqiy o‘quvi
bo‘sh bolalar kiradi.
62
Musiqa madaniyati darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarni quyidagicha
o‘tkazishi lozim.
Birinchi guruh bolalarni orqa qatorga, ikkinchi guruh bolalarni oldingi
qatorga, uchinchi guruh bolalarni esa o‘rta qatorga o‘tkazish tavsiya etiladi.
Natijada dars davomida musiqiy qobiliyati sust rivojlangan bolalarning musiqiy
o‘quvi o‘sadi va shakllanadi. Darsda o‘quvchilarni qiziqishini o‘stirish, ularni har
bir yutug‘i uchun rag‘batlantirish hamda ilg‘or bolalar bilan teng darajada musiqiy
faolligini ko‘rsata olishga ishonch hosil qildirish lozim. Musiqiy o‘quvi sust
bo‘lgan o‘quvchilar bilan darsdan keyin yakka tartibda ishlash ham tavsiya etiladi.
Musiqa darsidagi faoliyat turlari tez-tez almashib turishi, o‘quvchilarni
zerikmaslikni, toliqmaslikni, shu bilan irga musiqa darsiga qiziqishni oshiradi.
Birinchi sinfda musiqa o‘qitishni asosiy maqsadi o‘quvchilarda musiqaga
qiziqish uyg‘otish va musiqiy taassurotni tarkib toptirish, musiqani san’at sifatida
ongli idrok etish. Natijada bolalarda musiqa haqida mushohada qilishning
boshlang‘ich asoslari vujudga keladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi
vazifalar amalga oshiriladi:
1. O‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini, musiqiy o‘quvini rivojlantirish.
2. Musiqani (tinglash) idrok etish malakasini o‘stirish.
3. Kuylash malakalarini o‘stirish.
4. Musiqiy badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash.
Ma’lumki, musiqa – hayot va davr aksidir. Shuning uchun ham boshlang‘ich
sinflarda musiqa darslarini dasturining bosh mavzusi «Musiqa va hayot»dir.
Boshlang‘ich sinfda musiqa madaniyati darslarini bolalarning hayotiy tajribalariga
tayangan holda olib borish badiiy ta’lim beruvchi vosita sifatida muhim
ahamiyatga
ega. Zeroki, dasturda kuylash va tinglash uchun tavsiya etiladigan qo‘shiqlar va
musiqiy asarlar baxtli bolalik, insonparvarlik, Vatanga muhabbat, tabiatga
muhabbat haqidagi asarlardan iboratdir. Birinchi sinfda bolalar musiqaning
xarakteri, obrazlari orqali olgan bilimlari nisbiy bo‘lib, keyingi sinflarda aniq
63
(konkret) tushunchalarga aylanadi. Shuningdek, birinchi sinfda o‘quv yili boshida
ilk bor olingan bilimlar notagacha bo‘lgan davr deb ataladi.
Musiqiy faoliyatlarining birinchi turlariga doir vazifalar ish mazmunini
tashkil etadi. Mazkur faoliyatlar ashula aytish, musiqa tinglash, musiqa savodi,
raqs elementlarini bajarish, musiqali o‘yinlar, qadam tashlash, bolalar cholg‘u
asboblarida jo‘r bo‘lish musiqa madaniyatini tarkib toptirishda muhim rol
o‘ynaydi. Birinchi sinfda xor bo‘lib qo‘shiq kuylash jamoa faoliyati sifatida
o‘quvchilarni bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Qo‘shiq kuylash murakkab
psixologik va fiziologik jarayondir. Bunda bosh miyadagi nerv hujayralari faol
qatnashadi, o‘quvchilarda ijobiy his-tuyg‘ularni faolligini ta’minlaydi, ko‘krak
qismi tovush hosil qiluvchi a’zolarni artikulatsiya va nafas organlarini
faollashtiradi hamda o‘quvchilarning samarali ishlashiga sharoit yaratadi.
Boshlang‘ich sinflarda qo‘shiq o‘rgatish uchun avval shu qo‘shiq
tinglanadi, so‘ng qo‘shiq o‘rgatish metodi asosida o‘rgatiladi.
Dostları ilə paylaş: |