Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

O‘qitish shakli 
Amaliy va nazariy suhbatlar – ijro 
O‘qitishga shart – 
sharoitlar 
Vizual auditoriyada suhbat – ijro 
Monitoring va boholash Mavzu va ijrolarni mustahkamlash. 
2-ilova 
BOSQICHLAR FAOLIYAT MAZMUNI 
I-bosqich 
O‘qituvchi
Talaba 
Kirish 
10 daqiqa 
1. Talabalrga kurs haqida ma’lumot 
beradi. Kurs davomida bajarilgan 
vazifalar bilan tanishtiradi. 
2. Birinchi mavzuni e’lon qiladi va 
tegishli adabiyotlar ro‘yxati bilan 
tanishtiradi. 
Eshitadilar 
va 
ma’lumotlarni 
yozib oladilar hamda 
tinglaydilar. 
Tahlil qiladilar 
3. Faollashtiruvchi savollar bilan 
talabalarga 
murojaat 
qilinadi 
va 
Savollarga 
javob 
beradilar 


52 
talabalarni 
bilim 
darajasi 
diagnostikasini amalga oshiriladi. 
2-bosqich 
Asosiy bosqich 
60 daqiqa 
1. Musiqa o‘qitishning innovatsion 
texnologiyalari fanini vujudga kelishi 
va shakllanishi masalasi slaydlardan 
foydalangan holda yoritib beradi. 
2. Musiqa o‘qitishning innovatsion 
texnologiyalari fanini xususiyatlarini 
izohlaydi va musiqa o‘qitishning 
innovatsion texnologiyalari tushuncha 
sini ta’rifini tavsiflaydi. 
3. Musiqa o‘qitishning innovatsion 
texnologiyalari 
fanini 
farqli 
tomonlariga izoh beradi. 
2.1. Eshitadilar va 
savollarga 
javob beradilar. 
2.2. Talabalar yozib 
oladilar. 
2.3. Savollarga javob 
beradilar. 
2.4. Tahlil qiladilar. 
Yakuniy 
bosqich 
10 
daqiqa 
baholash 
1. 
Mavzu 
bo‘yicha 
yakuniy 
xulosalarni 
aytib o‘tadi. 
2. Talabalr dars davomida faoliyatlarni 
tahlil etadi va baholaydi. 
1. Savollar beradilar. 
2. Tinglaydilar 
Bunday darslar o‘quvchilarda shu fanga va o‘qituvchiga nisbatan hurmat va 
muhabbatni oshiradi. O‘qituvchi bilan o‘quvchilar bir-birlarini yaxshiroq tushuna 
boshlaydilar, bir-birlariga ruhan yaqinlashadilar.
O‘qituvchi savollar tuzishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, dars 
mavzusini hisobga olgan holda tanlashi lozim. Savol va topshiriqlar: 1) XXI asr 
boshlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va oliygohlarida qanday dars shakllari 
mavjud bo‘lgan? 2) Hozirgi kunda musiqiy ta’limda qanday noan’anaviy darslar 
mavjud? Musiqa madaniyatini kengroq o‘rganish uchun kompozitorning uy 
muzeylariga, konsertlarga, musiqiy festivallarga, musiqiy tanlovlarga sayohat 
qilish orqali yoki video tasma yordamida biror mavzuga oid musiqiy sayohat qilsih 


53 
orqali uyushtiriladi. Sayohat obyektlari dars mavzusiga bevosita aloqador bo‘lishi 
muhim 
shartlardandir. Bu o‘z navbatida sinfda o‘tilgan darslardan ancha samaraliroq 
bo‘lib, o‘quvchilar ongida uzoq saqlanib qoladi.
Darhaqiqat innovatsion texnologiyalar taraqqiy etgan mamlakatlarda ta’lim 
sohasidagi siyosatlarning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bu sohada 
«UNESKO» ham jonbozlik ko‘rsatib 1971-yilda Fransiyaning sobiq bosh vaziri 
Edgaro Foroga jahonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar asosida ta’limning maqsadini, 
rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash vazifasini yuklaydi.
Natijada 1972-yilda «Mavjudlik uchun kurash», «Tarbiya dunyosi bugun va 
ertaga» mavzusidagi kitoblar dunyoga keladi. Bu asarlarda zamonaviy texnologik 
ta’lim tizimini va mazmunini yangilangan xarakterlanuvchi asosiy kuch ekanligi 
ilmiy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, texnologiyalarni loyihalash 
tizimida har xil, turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, V.A.Monaxov, 
M.A.Choshamov, V.P.Bespalko, I.Ya.Lerner, M.Ochilov kabi taniqli olimlar o‘z 
hissalarini ta’limni innovatsion texnologiyalar rivojlanishiga qo‘shganlar. Bunday 
mas’uliyatli muammoni hal etishda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Ta’limni 
ilmiy-nazariy va amaliy tomondan asoslab, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish 
uchun yagona pedagogik jarayondan ko‘zlangan maqsadga oz kuch sarflab, oson 
erishishni muhim tamoyillari»ni ko‘rsatgan edilar. Pedagogik texnologiya shunday
bir narsaki, bevosita tarbiyalanuvchilar ko‘rib, eshitib turgan narsalar orqali ularga 
o‘z qalbini, fikrlarini yetkazish imkoniyatini beradi.
Ta’limning asosiy vazifasi talabalarni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar 
tizimi sohasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim jarayonida 
talabalar bilimlar tizimini egallabgina qolmay, balki ko‘nikma va malakalar hosil 
qilib boradilar. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin