Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSLARINI REJALASHTIRISH



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

1.10. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSLARINI REJALASHTIRISH 
O‘zbekistan Respublikasining ‘‘Ta’lim to‘g‘risida’’gi Qonuni, ‘‘Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi’’ talablari asosida ta’lim tizimida ro‘y berayotgan 
o‘zgarishlarga ko‘ra, 2017–2018-yilida 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim joriy etildi. 
Musiqa predmetiga davlat ta’lim standartini joriy etilishi, milliy, musiqiy 


46 
merosimizdan foydalanishni hamda hududiy vohalarni san’ati va madaniyati, u 
yerdagi mahalliy xalq an’analari o‘z ifodasini topgan. Shuningdek ta’lim standarti 
o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va 
vositalari muvozanatini aks ettiradi, o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati 
va qiziqishini hisobga olgan holda (1–7) sinflar uchun yangi dastur tuzildi. Dastur 
asosida darsliklar, metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar yaratilmoqda. Yetti yillik 
musiqa o‘qitish davrida o‘quvchilarni go‘zallikni his eta oladigan, musiqaga mehr 
va xavas bilan qaraydigan, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan 
barkamol inson qilib tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo‘yiladi. Yangi dastur 
asosida musiqa madaniyati darslarini sifatli, pedagogik va metodik jihatdan yuqori 
talab darajasida olib borish uchun o‘qituvchi, ijodkor, o‘z kasbini va o‘quvchilarni 
sevuvchi, yaxshi cholg‘uchi, metodikani puxta o‘zlashtirgan inson bo‘lishi kerak. 
Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib topishida fortepiano asbobi bilan 
birgalikda, o‘zbek xalq cholg‘u asboblaridan ham foydalana olishi zarur. 
Shuningdek o‘zbek xalq musiqa merosimizni tarixi va hozirgi kun talablarini 
kuzatib, o‘rganib borishi shart. Chunki, maktabda musiqa ta’limining asosiy 
maqsadi o‘quvchilarda «Musiqa 
madaniyatini» tarkib toptirishdir. Musiqa o‘qituvchisi darslarga mavzularni tanlab, 
rejalashtirishda ko‘rgazmali qurollardan, texnika vositalaridan ham foydalanishi 
kerak.
Umumiy ta’lim maktablarida jumladan, boshlangach (I–IV) sinf musiqa fani 
bo‘yicha, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 
Chunki, boshlang‘ich sinflarda musiqa ta’limi poydevori qo‘yiladi va shakllanadi. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, har bir darsga ijodiy yondashib, yangi dastur 
talablariga muvofiq dars o‘tish lozim. Musiqa fanidan bir yilda 2 marta yarim yillik 
taxminiy – mavzuli ish rejasi va shunga qarab, har bir dars uchun reja – konspekt 
tuziladi. Yarim yillik ish rejasi boshlang‘ich va o‘rta sinflar uchun alohida-alohida 
tuziladi. Bunda o‘quvchilarni yoshi (sinfi), ovoz diapazoni, musiqaga qiziqishi va 
qobiliyati, yil fasllari, bayramlar, yil, chorak dars mavzulari hisobga olinib, yangi 
dasturdan foydalanib, dars strukturasi asosida tuziladi. Ba’zi qo‘shiqlarni tinglash 


47 
uchun asarlarni o‘qituvchi o‘quvchilar istagi va yangi zamonaviy qo‘shiqlar bilan 
dars rejasiga mos keladigan asarlarga o‘zgartirishi mumkin. Musiqa darslari asosan 
bir haftada bir soat o‘tiladi. O‘quv yili davomida esa quyidagi tartibda o‘tadi; 
I chorak 9 soat. 
II chorak 7 soat. 
III chorak 10 soat. 
IV chorak 8 soat. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin