Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

3. Ovoz hosil qilish. Ovozni vujudga kelishi murakkab psixologik- 
fiziologik jarayondir. U ovoz apparati (kekirdak, hiqildoq) va uning ichidagi 
konussimon ikkita ovoz pardasining nafas (o‘pka, traxeyalar, ko‘krak qismi) va 
eshituv apparatlarining birgalikdagi amaliyotida hosil bo‘ladi. Tomoqda hosil 
bo‘lgan tovush kuchsiz va xishillab, sadolanib chiqadi, uning nutq apparati ayniqsa 
burun 
bo‘shlig‘i orqali tebranishi kuchayadi va o‘ziga xos tembr va jarangdorlik 
xususiyatiga ega bo‘ladi. To‘rt organ – nafas, ovoz, nutq va eshituv apparatining 
o‘zaro faoliyatidagi musiqiy ohangga qo‘yiladigan ovoz – ashulachilik ovozi deb 
ataladi.


44 
1-sinfda o‘quvchilarning ovozini zo‘riqtirmasdan kuylatish uchun ashula 
aytishi primar (sol1 – lya1) bo‘ladi, ishchi diapazoni (mi1 – si1). Umumiy 
diapazon (pe1 - do2) bo‘lib, bunga me’yorida amal qilish lozim. Bolalar bosh 
rezanatoriga asoslangan faltetga yaqin ovozda kuylaydilar.
Bolalarni kuylatganda faqat yumshoq attaka bilan boshlash lozim, hech 
qachon qo‘shiqni qattiq attaka bilan boshlamaslik kerak. Buni o‘qituvchi nazorat 
qilib borishi shart. 
4. Sozlanish. Soz har bir bolaning berilgan musiqa tovushini aniq idrok etib, 
o‘z ovozini unga moslab kuylashi, ohangni xotirasida saqlab qolish degan ma’noni 
anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, sozlanish – ma’lum balandlikdagi tovushni 
aniq intonatsiyada kuylash demakdir. Bu muhim malaka bo‘lib hisoblanadi, chunki 
boshlang‘ich sinfdagi vokal – xor ishlarining asosiy maqsadlaridan biri sof unison 
(sof bir ovozda kuylashga) erishishdan iboratdir. Shuning uchun birinchi darsdan 
boshlab bolalarda sozlanish malakalarini rivojlantirish ustida sistemali ish olib 
boriladi. Ayniqsa, musiqa o‘quvi sust rivojalanayotgan bolalarga e’tibor 
kuchaytiriladi. Ularni o‘qituvchi ovoziga cholg‘u asboblardan soz uchun 
berilayotgan tovushga va iqtidorli bolalar ovoziga qo‘shilishga hamda tovush 
balandligi bilan barobarlashishga, ya’ni tenglashishga da’vat etiladi. Intonatsion 
sof 
sozga erishiladi va bir xil balandlikda kuylanadigan mashqlar orqali amalga 
oshiriladi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin