Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Vokal-xor malakalari 6 (olti) turga bo‘linadi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Vokal-xor malakalari 6 (olti) turga bo‘linadi: 
1. Darsda qo‘shiq kuylash holati. 
2. Ashulachilik nafasi. 
3. Ovoz hosil qilish. 
4. Sozlanish. 
5. Ansambl. 
6. Talaffuz. 
1. Qo‘shiq kuylash holati deganda o‘quvchilarning qo‘shiq kuylaganda 
o‘tirib yoki turib kuylash holati nazarda tutiladi. O‘tirib yoki turib kuylaganda 
bosh, qo‘l va oyoqlarni qanday tutish lozimligi haqida o‘quvchilarga tushuntirish 
va doimo nazorat qilib, eslatib turish talab etiladi. Mazkur malakaning qoidalari 
gavdani qiyshaytirmas dan to‘g‘ri turish, o‘tirib kuylaganda parta suyanchiriga 
suyanmasdan, yelkalarni yengil kerib, iyakni ortiqcha ko‘tarmasdan, bo‘yin va 
boshni to‘g‘ri ushlash, qo‘llarni erkin pastga tushirish va kaftlarni tizzalar ustiga 
yengil qo‘yib engashmasdan o‘tirish va oyoqlarni yelka kengligida, erkin kuylash 
kabi holatlar tushuniladi. 
2. Ashulachilik nafasiMa’lumki kuylashdagi nafas bilan fiziologik nafas 
o‘rtasida ma’lum darajada farq bor. Fiziologik nafas bola tug‘ilgan kundan tabiiy 
holda hayotining oxirigacha amal qiladi. Ashula aytishdagi nafas esa, qo‘shiq 
xarakteriga qarab, tez, qisqa vaqt oralig‘ida sodir bo‘ladi. Nafas olish va uni 
chiqarish qo‘shiq jumlasining cho‘zimiga, sur’atiga va xarakterining ifodalanishiga 
qarab cho‘ziladi. Sun’iy nafasdan aktyorlar, suxandonlar va qo‘shiqchilar 
foydalanadilar. Shuningdek, sun’iy ya’ni ehtiyojga qarab olinadigan nafas


43 
ashulachilik nafasi deyiladi. Ashulachilik nafasining quyidagi turlari mavjud: 
ko‘krak nafasi, diaffragma nafasi, qorin nafasi. 
Kichik bolalarning ko‘krak nafasi hali tor, qisqa ekanligi sababli, ular 
nafasni ko‘krak bilan oladilar, shu bois ashula aytganlarida yelkalarini ko‘tarib, 
shoshilib va qo‘shiq jumlasini, so‘zini bo‘lib nafas olishlari tabiiydir. Shuning 
uchun bolalarning yelkalarni ko‘tarmasdan osoyishta nafas olishi va uni qo‘shiq 
jumlasining oxiriga qadar bir maromda yetkazish, ayniqsa so‘zni bo‘lib nafas 
olmaslikni o‘rgatib borishi lo zim. Nafas olish malakasini ustida ishlash jarayonida 
bolalar diqqatini ovozlarning kuychan, ravon, yoqimli jaranglashiga jalb etiladi. 
Buning uchun gulni hidlagandek osoyishta va shovqinsiz nafas olishga o‘rgatiladi. 
Ana shu malakani amalga oshirishda darsliklarda, qo‘llanmalarda tavsiya etilgan 
vokal – xor mashqlarini kuylash, bolalar xorlarida ijro etilgan qo‘shiqlarni magnit 
tasmalari orqali tinglash kabi amaliy mashg‘ulotlarda shakllantirib boriladi. Bolalar 
mashq va qo‘shiqlarni kuylaganda o‘qituvchining qo‘l ishoralariga qarab nafas 
olishga va uni tejab, rasamati bilan jumla oxirigacha yetkazishga odatlanib 
borishadi. Ayniqsa, dirijorlik holatlari «diqqat», «auf», «ijroni boshlash», «ijroni 
tugatish»larga rioya etib kuylashga o‘rgatish nafasini rejaga solish uchun 
muhimdir. Bolalar nafasining hajmi imkoniyatlarini hisobga olgan holda mashq va 
qo‘shiqlarda nafas olish joylari oldindan belgilab qo‘yiladi va ular qo‘shiq 
o‘rgatish jarayonida amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin