Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


 Musiqa o‘qitishning og‘zaki metodi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

1. Musiqa o‘qitishning og‘zaki metodi. 


39 
Musiqa darsida o‘qituvchining so‘z mahoratiga alohida talab qo‘yiladi. 
O‘qituvchi o‘zining asar haqidagi badiiy kirish so‘zi bilan o‘quvchilarni ajoyib va 
sehrli musiqa olamiga olib kiradi. Hikoya yoki suhbat yo‘li bilan bolalar diqqatini 
jalb qilib, musiqani badiiy idrok etishlariga erishadi. Asosan, bu metoddan 
boshlang‘ich sinfda ko‘proq foydalaniladi.
Hikoya – bu o‘qituvchining musiqa asari haqida jonli, emotsional yorqin 
bayoni. Hikoya qisqa, obrazli, jonli, qiziqarli bo‘lib, uning maqsadi o‘quvchilarni 
asarni badiiy idrok etishga o‘rgatish.
Suhbat – o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi dialog shaklidagi faoliyatidan 
iborat bo‘lib, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Ularni nutqini o‘stiradi, 
fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilish qobiliyatini faollashtiradi hamda 
dunyoqarashini kengaytiradi.
Tushuntirish – ilmiy isbotlash metodi sifatida musiqa darsida qo‘llaniladi. 
Bu asosan musiqa savodi faoliyatida qo‘llaniladi. 
2. Ko‘rgazmali o‘qitish metodi. Ma’lumki, musiqa harakatlanuvchi kuy va 
tovushlardan iborat bo‘lgan san’atdir. Uni faqat eshitish organlari quloq orqali 
tinglab, idrok etish mumkin. Ko‘rgazmali o‘qitishni esa nota yozuvlari, plakatlar, 
rasmlar, dirijorlik ifodalari, raqs harakatlari, bolalar cholg‘u asboblari, musiqani 
jonli va aniq ijrosi texnik vositalaridan foydalaniladi. Demak, musiqaning jonli 
yangrashi darsda asosiy ko‘rgazma bo‘lib xizmat qiladi.
3. Amaliy o‘qitish metodi. Amaliy metodlar vositasida o‘quvchilar vokal – 
xor malakalari, musiqaning tuzilishi hamda ifoda vositalarini tahlil etish, uning 
janr va shakllarini aniqlash va nota yozuvini o‘rganish malaka va ko‘nikmalarini 
shakllantirilishi uchun foydalaniladi. Amaliy metodlar vokal – xor malakalarini 
rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.
4. O‘yin metodi – boshlang‘ich sinflarda ko‘proq ijobiy natija beradi. Yangi 
dastur asosida yaratilayotgan qo‘llanma va darsliklarda o‘yin va uning elementlari 
keng joriy etilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari serharakat va o‘yinga moyil 
bo‘ladilar. Darsda qo‘llaniladigan musiqali o‘yinlar o‘quvchilarning musiqiy 


40 
o‘quvini o‘stiradi, musiqiy qobiliyatini rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi va 
musiqa darsiga qiziqish uyg‘otadi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin