Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Musiqa darsining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
2. Musiqa darsi qanday xususiyatlarga ega va qanday fanlar bilan bog‘liq?
3. Zamon talabi asosida musiqa darsi qanday bo‘lishi kerak?
4. Musiqa darsining strukturasi qanday faoliyatlardan iborat?
Tayanch tushunchalari
Metodika – ‘‘bilish, o‘rganish’’ usuli. “Xususiy metodika” – bitta fanning
uslubi.
“Amaliy metod” – ijodiy mehnat.
33
‘‘Solist’’ – yakka xonanda.
Seminar
1. Musiqiy o‘qitish metodikasi va maktab repertuari fanining maqsad va
vazifalari.
2. Shaxs kamolotining rivojlanishida musiqa tarbiyasining ahamiyati
qanday?
3. Musiqa o‘qituvchisiga qo‘yilgan zamonaviy talablar.
4. “Ta’lim to‘g‘risida’’gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning
maqsad hamda vazifalari nimalardan iborat?
5. Musiqa darsining umumdidaktik prinsiplarini maqsad hamda
vazifalari nimalardan iborat?
1.7. ZAMONAVIY DARS VA UNGA QO‘YILGAN TALABLAR
Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim jarayonini tashkil etishning asosiy shakli dars
(o‘quv mashg‘uloti) bo‘lib hisoblanadi. Dars ta’limtarbiya jarayonining mantiqiy
tugallangan yaxlit, aniq vaqt bilan chegaralgan qismidir. Har bir dars faoliyati
uning asosiy elementlari hisoblanadi. Darsning mavzusi, dars maqsadi, darsning
turi, darsni jihozlash, darsni borishi, darsni yakunlash, uyga vazifa berish.
Zamonaviy dars shunday darski deb yozadi J.F.Yo‘ldoshev – unda
o‘qituvchi ta’lim oluvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib,
uning aqliy potensialini ishga solib, rivojlanishini ta’minlaydi ta’lim oluvchi esa
o‘z navbatida bilimlarni chuqur o‘zlashtiradi va ma’naviy barkamollik kabi
odimlaydi.
O‘qituvchilar darsga tayyorgarlik qilish jarayonida darsga qo‘yilgan
talablarni bilishlari zarur. Ular quyidagilar:
1. O‘qituvchining kiyinish madaniyati, nutqi, o‘zini tutishi, bolalarni sevish
orqali sahxsiy namuna ko‘rsata olishi.
34
2. O‘qituvchi darsning mavzusiga qarab darsning maqsadini aniq belgilab,
ta’lim oluvchilarni maqsad sari yetaklashi lozim.
3. Har bir darsda ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarni to‘g‘ri
qo‘yilishi kerak.
4. Ta’lim oluvchilarni tayyorgarlik darajasiga qarab dars metod usullarini
to‘g‘ri tanlashi lozim.
5. Darsda sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya qilish zarur.
6. Har bir o‘qituvchi o‘zi o‘qitayotgan fanining nazariy asoslari bo‘yicha
yetarli ta’limotga ega bo‘lishlari kerak.
7. Yuqori kasbiy tayyorgarlikka (musiqa fani bo‘yicha) ega bo‘lishi va
mustaqil ravishda o‘z ustida ishlashi kerak
8. Zamonaviy pedagogik texnologiya va interaktiv metodlarni qo‘llagan
holda ta’lim jarayonini tashkil etadigan bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishi lozim. O‘qituvchi dars (musiqa) berayotgan fan bo‘yicha me’yoriy
hujjatlari puxta bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda Respublikamizda yuz berayotgan o‘zgarishlar ta’lim sohasi
va barcha fan o‘qituvchilarimiz oldiga ko‘plab vazifalarni qo‘ymoqda. Bu
vazifalarni amalga oshirish, har bir o‘qituvchidan, tarbiyachidan umumiy va
professional omilkorlikni doimiy ravishda oshirib borishni, mustaqil faoliyat
yurg‘izib tashabbuskorlik talab etadi.
Bu borada pedagogik texnologiyaning milliy modulini ta’lim-tarbiya
jarayonini tatbiq etish yo‘lida o‘quv fanlari, mashg‘ulotlarning loyihalarini
tuzishda modulli o‘qitish nazariy hujjatdan asoslangan bo‘lib uni ta’lim jarayoniga
tatbiq etish mexanizmini yaratish dolzarb masaladir. Modul ta’limning asosida
o‘tgan XX asrning yarmida ta’lim tizimida qo‘llaniladigan dasturlangan o‘qitish
jarayonlari yotadi.
“Modul” so‘zining asl ma’nosi “Model” lotincha – o‘lchov degan
ma’nolarni bildiradi. Modul – pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy
bo‘laklarini ifoda etadi.
35
Modul – bu o‘quv axborotining mantiqiy ajratilgan bir qismi bo‘lib, u bir
butun va tugallangan mazmun hamda o‘zlashtirish nazoratidan iborat. Har bir
modul o‘zaro bog‘liq bo‘lib, maqsadga mos ravishda muntazam olib boriladi.
Modul ta’lim oluvchilarning umumiy maqsad doirasida ongli ishlashga imkoniyat
yaratadi. Modulli o‘qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi
sifatida ta’lim jarayonida tobora kengroq qo‘llanilmoqda. Modulli ta’limni asosiy
maqsadi ta’lim oluvchilar tomonidan aniq o‘quv mavzusi bo‘yicha bilimlarni
o‘zlashtirib ko‘nikmalarga aylantirish. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki ta’limda deyarli
barcha fanlarga mosulli o‘qitish texnologiyasini qo‘llash ijobiy samari beradi.
Modul texnologiyasini asosiy vazifasi ta’lim sifati va samaradorligini oshirish.
Modulli o‘qitish texnologiyasini musiqa va boshqa fanlarga joriy etish negizida
pedagogik tafakkurni rivojlantirish, o‘qitishning innovatsion usullarini va
pedagogik texnologiyalarni puxta o‘zalashtirish yotadi, chunki ular o‘qitish sifati
va samaradorligini oshiradi. Modulli o‘qitishning asosiy vazifalardan yana biri
uzviy bog‘langan fanlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Modulli o‘qiishning
yana bir vazifasi tugallangan axborotlar blogini talabalar ongiga singdirish. Bu
o‘quv dasturini to‘la, qisqa yoki chuqurlashtirib o‘qitish tabaqalashtirish imkonini
yaratadi. Talabalar kurs ishlari, mustaqil ishlar bitiruv malakaviy ishlarni bajarish
jarayonida muammolarni yechishda modulli texnologiyalardan foydalanib
kafolatlangan natijalarga erishadi.
“Ta’lim texnologiyasi” iborasining ma’nosi – ta’lim jarayonini yuksak
mahorat bilan san’at darajasida tashkil etish to‘g‘risida ma’lumot beruvchi fan,
ta’limot demakdir. Ta’lim texnologiyasi, bu ta’lim maqsadiga erishishning ilmiy
asoslangan va kafolatlangan natijalarga erishish uchun avalladan loyihalashtirilgan
ta’lim jaryonini tarkibiy qismlarining mukammal ishlaydigan tizimidir.
Pedagogik texnologiya esa axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda
o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan kompyuter, turli xil texnika
vositalardan foydalanish demakdir. Pedagogik texnologiyasining – eng asosiy
negizidir bu o‘qituvchi va talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan
natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiya
36
Pedagogika so‘zi – grekcha “paydos” – bola “ago” – yetaklash so‘zlaridan
olingan bo‘lib, insonlarga ta’lim-tarbiya berishni o‘rgatuvchi fandir.
Metodika fani esa insonlarga ta’lim-tarbiya berish usullarini yo‘llarini
predmetlarini o‘qishning qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fandir. Umuman olganda
pedagogika bilan metodika biri-biridan ajralmas tushunchadir .
Dostları ilə paylaş: |