37
“Metodika” so‘zi grekcha so‘z bo‘lib, “tadqiqot yo‘li”, “bilish usuli” degan
ma’noni anglatadi va ta’lim-tarbiyaning alohida qismlari bo‘lib hisoblanadi,
ularning yig‘indisi musiqa o‘quv metodlari deyiladi. Musiqaning o‘qitish metodlari
deganda, maktab o‘quvchilarning bilim, mahorat va malakalarini egallashda,
ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda
o‘qituvchilarning qo‘llagan ish usullari tushuniladi.
Musiqa o‘qitish metodikasi vazifalarini amalga oshirishda musiqa
o‘qitishning qator metodlari bilan birgalikda pedagogikaning amaliy yo‘nalishini
xususiy (optimal) metodlar egallab, musiqa darsida qo‘llash muhim ahamiyat kasb
etadi. Musiqa o‘qitish metodikasi vazifalarini amalga oshirishda musiqa darsida
o‘qitishning (optimal) xususiy metodlaridan unumli foydalanishga bog‘liq. Yetuk
olimlarimizning tadqiqotlarida maktab o‘qituvchisining shaxsiyati va unga bo‘lgan
professional talablar va o‘quvchilar munosabatini, xususiy metodlardan
foydalanish jarayonida hal qilish lozimligini ilmiy asosda ta’riflab berganlar.
Xususiy metod – biror bir fanning amaliy va ijodiy ishlarini mazmunini va
mavzusini keng yoritib berish va mustahkamlashda, o‘qituvchi va o‘quvchi
faoliyatida o‘zaro aloqadorligini va o‘quvchilarni bilish jarayonida izlanishga
undovchi metoddir.
Dostları ilə paylaş: