Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

XOR BO‘LIB KUYLASH 
Bolalarni musiqiy o‘quvini ijodiy rivojlantirishda ayniqsa, vokal – xor 
ishlarining ahamiyati katta. Bunda o‘quvchilarni kuylashga qiziqtira olish ko‘p 
jihatdan o‘rganadigan har bir mashq yoki qo‘shiq o‘qituvchi tomonidan asarni 
chiroyli qilib kuylab berish o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Chunki yosh 
bolalar bilan olib boriladigan vokal – xor ishi ko‘pincha o‘qituvchi ovoziga taqlid 
qilib kuylashga asoslanadi. Shuning uchun o‘ qituvchi o‘zining yoqimli ovozi 
ustida muntazam ish olib borishi kerak. Vokal – xor ishlarini amalga oshirishda 
o‘qituvchi ovoz sozlash, qo‘shiq o‘rgatish jarayonida boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining ovoz diapazoni (do1 – do2), ishchr: diapazoni(mi1 – fa1 – sol1) 
primar tovushlarida kuylash uchun qulay bo‘lgan (sol1 – lya1) tovushlarini aniq 
bilishi lozim. 
Musiqa madaniyati darslarida qo‘shiq o‘rgatish bir necha bosqich jarayonida 
amalga oshiriladi: 
1. Bolalar diqqatini qo‘shiqqa jalb qilish. 
2. Qo‘shiq haqida o‘qituvchining kirish so‘zi (qo‘shiq mualliflari, asarining 
mazmuni, tarixiy xususiyatlari haqida qisqacha hikoya qilish). 


29 
3. Qo‘shiqni tahlil qilinishi (musiqa ifoda vositalari, ladi, tempi, o‘lchovi, 
ritmi, dinamik belgilari). 
4. Qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish (chuqur nafas olib, jumlani 
oxirigacha tejab yetkazish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash). 
5. Qo‘shiqni badiiy ijrosiga erishish (qo‘shiq haqidagi bolalar taassurotlari 
yuzasidan qisqa suhbat o‘tkazish, ya’ni umumlashtirish).
MUSIQA SAVODI 
 
Musiqa madaniyati darslari jarayonida, musiqa savodi mustaqil dars faoliyati 
jarayonida musiqa asarlarini badiiy o‘rganish va ijro etish ishlarini savodxonlik 
asosida bajarish uchun qo‘llaniladi. Musiqa savodi mazmuni o‘quvchilarni tobora 
shakllantiradi va ularni bilish doirasini tobora kengaytirib, chuqurlashtirib boradi. 
Shunday qilib musiqa savodi darsining ta’limiy vazifasini bajaradi. Musiqa savodi 
(faoliyatining) asosiy negizi va pedagogik maqsadi, yangi dastur bo‘yicha berilgan 
chorak mavzulari kuylash va tinglashga doir asarlarini savodli tahlil qilish orqali 
amalga oshiriladi. Ular o‘quvchilarni kundalik hayotidan olinayotgan taassurotlari 
va musiqiy tajribalari asosida o‘rgatiladi.
Musiqa savodi quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘rgatiladi: 
1. Bolalar diqqatini musiqa ifoda vositalari ohang, registr, temp, ritm, 
dinamik belgilarga o‘rgatish. 
2. Ovoz sozlash va qo‘shiq ijro etish qoidalariga doir bilimlar, chapak va 
cholg‘u asboblar chalish qoidalariga amal qilishga o‘rgatish. 
3. Musiqa ijodkorlari: “kompozitor”, “ijrochi”, “tinglovchi” mavzuning 
mazmuni va o‘rganiladigan asarning mualliflari haqidagi ma’lumotlar, musiqa 
savodi orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin