Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING XUSUSIYATI VA STRUKTURASI



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

1.6. MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING XUSUSIYATI VA STRUKTURASI 
Dars musiqa tarbiyasi tizimida yetakchi omil hisoblanadi. Chunki, musiqa 
darsida bolalar yalpi tarzda qamrab olinadi. Musiqa bolalarni aqliy hamda axloqiy 
rivojlanishida katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, musiqa darslari, eng 
avvalo, tarbiya darsi deyiladi. Fanning nomi faqatgina musiqa o‘qitish metodikasi 
emas, balki musiqa tarbiyasi metodikasi deyiladi. Yangi dastur mazmunida dars 
o‘tish uchun musiqa o‘qituvchisi o‘zining musiqiy va nazariy bilimlarini 
takomillashtirishi lozim. Bugungi kunda musiqa insonning shakllanishida muhim 
rol o‘ynaydi, uning hissiyoti va ruhiyatiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Umumta’lim 
maktablarining asosiy vazifalaridan biri, o‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish 
va ma’naviy tarbiya berish. Bunda o‘qituvchi bolalarni ma’lum bir musiqa asari 
bilan tanishtirib, uni ifodali, “jonli” qilib ijro etib, o‘quvchilar diqqat-e’tiborini 
asarga jalb etadi, ularning nutqini o‘stirish, fikrlash qobiliyatini, dunyoqarashini 
kengaytiradi, emotsional his-tuyg‘ularga ham faol ta’sir etadi. Musiqa darslarining 
mazmunida faqatgina o‘zlashtirishi emas, balki o‘quvchilar ongini voqelikka 
munosabatini rivojlantirish, estetik madaniyatini tarkib toptirish va boshqa ichki 
his-tuyg‘ularini shakllantirish nazarda tutiladi. O‘qituvchining darsga ijodiy tarzda 
yondashishi muhim ahamiyat kasb etadi va bir qancha vazifalarni o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘yadi: 
– musiqa tarbiyasida yangi metod va vositalar izlash
– hayot va san’at o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalash. 
Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda o‘qituvchi jiddiy tayyorgarlik 
ko‘rishi, o‘z ustida tinmay ishlashi, ya’ni bilim saviyasini oshirishi uchun ilmiy 
adabiyotlar, yangi dasturlar, badiiy adabiyotlar, teatr, muzeylarga borib 
(o‘quvchilarni) ongini oshirish yo‘llarini takomillashtirib borishi zarur. Musiqa 
darslari olib boriladigan sinf xonasi did bilan namunali jihozlangan bo‘lishi muhim 
rol o‘ynaydi. Texnika vositalari, metodik ko‘rgazmali qurollar, pianino cholg‘u 


27 
asbobi va o‘zbek xalq cholg‘u asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi, yangi dasturdan 
foydalanib, dars reja – konspektalarini tuzib yangi texnologiyani qo‘llab olib 
borilishi kerak. Shunday qilib, musiqa darslarining barcha faoliyatlarini maqsadi va 
mazmuni darsni yoritib, hayot bilan bog‘lab darsning hamma qismlarini bir-biri 
bilan uzviy olib borishini talab etadi. 
Musiqa darsi boshqa darslardan o‘zining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarga 
ko‘proq ijodiy zavq, emotsional tuyg‘ular va obrazli kechinmalar uyg‘otishi bilan 
ajralib turadi. Shuning uchun musiqa darsi eng avvalo, tarbiya darsidir. Musiqa 
darslari quyidagi spesifik xususiyatlari bilan boshqa darslardan farq qiladi: 
1. Musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir beshta faoliyat turlaridan: vokal – 
xor mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg‘u asbobida 
chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlari bilan farq qiladi. 
2. Musiqa boshqa san’at turlaridan o‘zining ifoda vositalari, ya’ni “tili” (kuy, 
lad, dinamik belgilari, temp, alteratsiya belgilari, intervallar) bilan farq qiladi. Agar 
badiiy adabiyot so‘z bilan, tasviriy san’at ranglar bilan, raqs harakati bilan 
ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang bilan 
ifodalanadi. Yuqoridagi san’at turlarini ko‘rish va eshitish orqali idrok etsak, 
musiqani faqatgina 
quloq bilan tinglabgina ifoda etamiz, shuning uchun ko‘zi ojiz kishilardan ham 
yetuk musiqachilar yetishib chiqqan.
3. Musiqa aniq vaqt o‘lchovi bilan belgilangan san’atdir. Shuning uchun ijro 
etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan 
tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz. Mumtoz asarni qayta-qayta 
tinglaganda uning yangi-yangi badiiy qirralarini his etamiz. Musiqa aniq vaqt 
o‘lchoviga ega. 
4. Musiqa bolalarga faol emotsional ta’sir ko‘rsatadi, quvontiradi hamda 
ijodiy kechinmalar uyg‘otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darslaridan 
bolalar hordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo‘lib chiqadilar. 
Xullas musiqa darsi o‘zining faol psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq 
qiladi.


28 
5. Shuningdek, musiqa darsi boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Tasviriy san’at, adabiyot, ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, 
vokal, ritmika va boshqalar. Bular musiqa darsini hayot bilan bog‘lashga, 
mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi. Musiqa darsi 
o‘zining aralash dars tipi bilan ham boshqa fanlardan farq qiladi.
Boshlang‘ich sinflarda musiqa darsi beshta faoliyat turidan tuziladi: 
1. Xor bo‘lib kuylash. 
2. Musiqa savodi. 
3. Musiqa tinglash. 
4. Musiqaga mos harakatlarni bajarish. 
5. Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishdan iborat. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin