Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

 
 
 


30 
MUSIQA TINGLASH 
Musiqa tinglash ‘‘musiqa madaniyati’’ darslarining asosiy omili hisoblanadi. 
Chunki musiqaning yangrashi ongli ravishda idrok etilib, uning xarakteri, mazmuni 
o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarni hayotiy tajribalariga tayangan holda har bir musiqa 
asari zamirida ma’lum his- tuyg‘u va fikr aks ettiriladi. Biz musiqa darsining qaysi 
faoliyatini olmaylik u avval musiqani tinglab, musiqani idrok etishdan boshlanadi 
va o‘quvchilarning ruhiyatiga ta’sir etadi, shuning uchun musiqa tinglash darsning 
yetakchi faoliyati bo‘lib hisoblanadi.
Darsda tinglanadigan har bir musiqiy asar badiiy-g‘oyaviy mazmuni jihatdan 
chorak dars mazmuniga bog‘liq bo‘ladi va ilmiylik, davomiylik, izchillik 
tamoyillariga amal qiladi.
Musiqa tinglash bir necha bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
1. O‘quvchilar e’tiborini musiqiy asarga jalb qilish va o‘qituvchining kirish 
so‘zi. 
2. O‘qituvchi ijrosida yoki magnit yozuvda asarni tinglash.
3. Asarni suhbat yo‘li bilan musiqiy va badiiy-g‘oyaviy jihatdan oddiy tahlil 
qilish.
4. Asarni bir butunligicha qayta tinglash va asar haqida o‘quvchilarni 
umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy suhbat o‘tkazish. 
BOLALAR CHOLG‘U ASBOBLARIDA JO‘R BO‘LISH 
 
Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish. Bu faoliyat turi eng qiziqarli 
mashg‘ulotdir. Chunki cholg‘u asboblari jonli, tovushli o‘yinchoqlar sifatida har 
bir o‘quvchini qiziqtiradi. Bolalar cholg‘u asboblari birinchi navbatda 
o‘quvchilarda ijrolik elementlari orqali ijodkorlik, musiqiy o‘quv qobiliyatlarini 
rivojlantiradi. Musiqa madaniyati darslarida bolalar cholg‘u asboblaridan 
foydalanish 
yaxshi 
natijalar 
berish bilan birga o‘quvchilarni darsga 


31 
intiluvchanligini, qiziqishini, musiqiy o‘quvini oshiradi. Musiqa darslarida 
qo‘llaniladigan bolalar cholg‘u asboblari ikki turga bo‘linadi. Kuychang va 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin