5. Taqqoslash metodi. Musiqa darsi jarayonida kontrast, ya’ni taqqoslash
metodi keng qo‘llaniladi. U vokal – xor ishlarida o‘qituvchi, o‘quvchilar bilan
gramyozuvdagi ijrolarini taqqoslashda musiqa asarining tahlili va janrlarni
belgilashda keng qo‘llaniladi. Masalan, raqs, marsh janrlari, templari, turli cholg‘u
asboblaridagi ijrolar farqini aniqlashda qo‘llaniladi.
6. Musiqa o‘quvi bo‘sh bo‘lgan bolalar bilan ishlash metodi. Musiqa
o‘quvi bo‘sh bo‘lgan o‘quvchilar bilan dars jarayonida differensial guruhlarga
bo‘lib va darsdan keyin vaqt ajratib, yakka (individual) tarzda ish olib boriladi.
Differensial guruh deganda o‘quvchilarni musiqiy qobiliyati, o‘quvi va ovoziga
qarab uch guruhga bo‘linadi.
1-guruhga ovozi jarangli, yaxshi musiqiy qobiliyatga ega bo‘lgan
o‘quvchilar kiradi;
2-guruhga ovozi, musiqiy qobiliyati o‘rtacha bo‘lgan, ya’ni o‘qituvchining
ovoziga ergashib, cholg‘u soziga tayanib va do‘stlarini ovoziga ergashib
kuylaydigan o‘quvchilar kiradi;
3-guruhga esa ovozi uncha yaxshi bo‘lmagan, eshituv va musiqiy qobiliyati
bo‘sh bo‘lgan o‘quvchilar kiradi.
Musiqa darsi jarayonida bu o‘quvchilar quyidagi tartibda o‘z o‘rniga
o‘tkaziladi: birinchi qatorga o‘qituvchini ovoziga tayanib kuylaydiganlar, ikkinchi
qatorga musiqiy o‘quvi bo‘sh, yaxshi musiqiy qobiliyatga ega bo‘lmagan
o‘quvchilar, uchinchi qatorga qobiliyatli, ovozi jarangdor bo‘lgan bolalar
o‘tqaziladi. Bunda ikkinchi qatordagi o‘quvchilar musiqa ohanglarini
atrofdagilardan eshitib, ularning ovozlariga ergashib, chiroyli kuylashga harakat
qiladilar.
Shu uslub bilan o‘quvchilarni musiqiy o‘quvini o‘stirish mumkin. Ba’zi
musiqiy o‘quvi bo‘sh bo‘lgan bolalar bilan darsdan keyin alohida, yakka tartibda
shug‘ullanib, topshiriqlar beriladi va ovozlari sozlanib, qo‘shiqlar alohida
o‘rgatiladi. Shu tariqa hamma o‘quvchilarni musiqaga qiziqishi, qo‘shiq kuylashi,
41
musiqa tinglash ishtiyoqi, qobiliyati, musiqiy o‘quv bir xilda bo‘lib, qo‘shiq
kuylash malakalari hosil bo‘ladi.