38
b) o‘qituvchi va o‘quvchi birga hamkorlikda
masalani yechadilar;
c) o‘quvchilar tomonidan yakuniy xulosalar chiqariladi.
2. Oldinga “yugurib o‘tish”, ya’ni ilgari o‘tilgan materialdan foydalanib,
o‘quvchilarni yangi material o‘zlashtirishga tayyorligini sinab ko‘rish, bunda oldin
egallagan bilimlarga suyanish uchun foydalaniladi.
3. Emotsional dramaturgiya metodi bilan darsning mantiqiy yaxlitligiga
erishiladi. Bunda chorak mavzusi asosida dars rejasi uchun asarlar tanlanadi.
Tanlangan mavzular ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi
darsni ijrochilik
mahorati, so‘z ustaligi bilan qiziqarli qilib o‘tishi kerak. O‘quvchilarni darsga faol
jalb etib, darsning emotsional dramaturgiyasi, ya’ni avjiga erishishi lozim. Musiqa
o‘qituvchisi maktabda musiqa darsidan tashqari konsertlar,
badiiy kechalar,
uchrashuvlar o‘tkazishni talab etadi.
4. Darsni pedagogik kuzatilishi va bilimlarni baholash maqsadga
qarab
bir necha turlarga bo‘linadi:
a) o‘quvchilarni bilish faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi turi;
b) bilim faoliyatini rag‘batlantirish va tanbehlash;
c) o‘qish, bilish faoliyatini samaradorligini boshqarish va nazorat qilish.
Baholashda shunday ehtiyotkor bo‘lish kerakki, o‘quvchilarni
kayfiyati tushib
ketmasin. Darsga, qo‘shiq kuylashga qiziqishi so‘nmasin. Rag‘batlantirishda esa
aksincha. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari me’yordan chiqib ketmasligi
kerak. Balki, rag‘batlantirish sinfda boshqa o‘quvchilarga namuna bo‘lib
xizmat
qilish va ular odobli, aqlli bo‘lishga intilishi kerak. Shunday qilib, musiqa o‘qitish
metodlarini umumiy turlari ham mavjud.
1. Musiqa o‘qitishning og‘zaki metodi.
2. Ko‘rgazma o‘qitish metodi.
3. Amaliy o‘qitish metodi.
4. O‘yin metodi.
5. Taqqoslash metodi.
6. Musiqiy o‘quvi bo‘sh bo‘lgan bolalar bilan ishlash metodi.
Dostları ilə paylaş: