Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Jami bir yilda 34-35 soat dars o‘tiladi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Jami bir yilda 34-35 soat dars o‘tiladi. 
Shuningdek, har bir o‘quv yilida 12-14 ta qo‘shiq o‘rgatiladi, shunga qarab, 
musiqa savodi va musiqa tinglash jarayonida 12-14 ta asarlar tinglanadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari asosan, bir ovozli qo‘shiqlari sof unisonda kuylash 
malakalarini puxta o‘zlashtiradi va ayrim hollarda ko‘p ovozlikka o‘tishga 
tayyorgarlik ko‘riladi.
Ikkinchi sinfning ikkinchi yarmidan boshlab, ikki ovozlik elementi bor 
qo‘shiqlar kiritilgan. III – IV sinflarda o‘quvchilarni ovoz apparatlari shakllangan 
bo‘lib, ikki ovozli qo‘shiqlarni kuylash, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. 
Shunga ko‘ra oddiydan murakkabga prinsipi asosida musiqaviy asarlar tanlanadi. 
Boshlangich sinfda dars strukturasi beshta faoliyat turidan iborat bo‘ladi: 
1. Xor bo‘lib kuylash. 
2. Musiqa savodi. 
3. Musiqa tinglash. 
4. Musiqa xarakteriga mos harakatlar bajarish. 
5. Bolalar cholg‘u asboblardan jo‘r bo‘lish. 
O‘rta (V–VII) sinflarda esa dars faoliyati birmuncha kamayadi. Chunki, 
o‘rta sinf o‘quvchilari ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Dars mazmuni 
chuqurlashib, o‘quvchilar bilim va malakalarini kengayishiga xizmat qiladi. 
Musiqa darsi uchta faoliyat asosida olib boriladi:
1. Xor bo‘lib kuylash. 
2. Musiqa savodi. 
3. Musiqa tinglash. 


48 
Bunda bolalarning ovoz apparatlari shakllangan, musiqiy qobiliyatlari 
rivojlangan, musiqaning tuzilishi, shakli musiqa ifoda vositalari haqida bilimga ega 
bo‘ladilar va musiqa tinglash qobiliyati rivojlangan bo‘ladi. O‘rta sinfdagi 
o‘quvchilar uchun (V – VII sinf) musiqa dasturi asosida darslar rejalashtirib, ikki 
ovozli, ovoz mashqlari, ikki ovozli qo‘shiqlar, musiqa savodi va musiqa 
tinglashdan, shunga qarab murakkabroq asarlar tinglanadi. Har bir faoliyat bir-biri 
bilan bog‘liq bo‘lib, dars mazmunini, ya’ni bir butunlikni ta’minlaydi. Chorak 
mavzulari, yil mavzulariga bo‘ysunadi. Dars samaradorligini oshirishda 
o‘quvchilarni bilim va malakalarini baholash muhim pedagogik ahamiyatga egadir. 
Qo‘shiq kuylash bilan birga, ularga ko‘proq fikr bildirish, bahsga tortish va amaliy 
faoliyatiga ko‘proq jalb etish va odilona baholash lozim bo‘ladi. Shunday qilib, 
musiqa darslari yangi dastur asosida rejalashtirilib, o‘quvchilarni milliy 
musiqamizga mehr-muhabbat va qiziqish uygotishi lozim.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin