50
natijaga qaratilgan. Bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga
qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, kompyuter bilan ishlash,
tarqatma materiallarni, chizma va slaydlarni, turli adabiyotlardan, axborot
texnologiyalardan xohish-istaklariga qarab tanlashga bog‘liq. Qisqa qilib aytganda
talablarni ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
O‘qituvchi har bir darsni yaxlit holatga ko‘ra bilimni va uni tasavvur etish
uchun dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Har bir darsni rang-barang,
qiziqarli bo‘lishi uchunoldindan puxta o‘ylab tuzilgan bo‘lishi darsning
loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq. Darsning texnologik xaritasini qay
ko‘rinishda yoki shaklda tuzilishi o‘qituvchining tajribasi o‘z oldiga qo‘ygan
maqsad hamda vazifalariga bog‘liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin
unda dars jarayoni «yaxlit» holda aks ettirgan bo‘lishi hamda belgilangan maqsad-
vazifalar kafolatlangan natijada dars jarayonida to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi
shart.
Dostları ilə paylaş: