Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Tushuntirish - o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash 
asosida bayon qilish. 
To‘garak - o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida 
sinfdan yoki maktabdan tashqari sharoitda uyushtiriluvchi qo‘shimcha ta'lim 
shakli. 


168 
Usul - muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy ta'lim 
metodi bilan birga ikkinchi bir ta'lim metodining ayrim elementlaridan 
foydalanish. 
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil 
etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. 
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a'zosi. 
Estetik tarbiya - o‘quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush 
go‘zalligini idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini 
o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish 
qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi. 
O‘zlashtirish –ta'lim jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy talablarga muvofiq 
shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi.
O‘rgatish - tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini 
shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy 
ishlar. 
O‘qituvchi (pedagog) – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari 
bo‘yicha maxsus ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega 
hamda ta'lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs.
O‘qish – ma'lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni o‘rganish jarayoni; 
o‘quvchilar tomonidan o‘quv faoliyati usullarini egallab olishga yo‘naltirilgan 
faoliyat. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin