165
Nafosat didi - shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi,
ob'ektiv nafosat o‘lchovi.
Nafosat madaniyati - go‘zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud
go‘zalliklarni asrash va boyitish yo‘lida o‘zlashtirilgan bilim hamda amalga
oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi.
Nafosat ongi - go‘zallik, go‘zallikni his etish, uning mohiyatini anglash, nafosat
his-tuyg‘usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya- lotincha «estezio» go‘zallikni his qilaman) -
o‘quvchilarni voqyelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush
go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy
didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni
yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy
tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Pedagogika (yunoncha «paidagogike» bo‘lib, «paidagogos»
- bola, yetaklayman)
– ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy
maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning
mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan.
Dostları ilə paylaş: