163
Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqyea-
hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv.
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik
(jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash - mutaxassislarning
kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish maqsadida
tashkil etiluvchi ta'lim bosqichi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» - «Ta'lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda
ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak
umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy
hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan,
istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini
shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.
Dostları ilə paylaş: