Mualliflar
5
I BOB
MUSIQA O‘QITISH METODIKASI VA MAKTAB REPERTUARI FANINING
NAZARIY ASOSLARI
1.1. MUSIQA O‘QITISH METODIKASI VA MAKTAB REPERTUARI KURSINING
MAQSAD VA VAZIFALARI
Respublikamiz jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib
o‘rin egallagan. Uni saqlab turish uchun ma’naviy salohiyat bilan iqtisodiy
qudratimizni XXI asr ilmiy-texnika tarraqiyoti talablariga javob beradigan tarzda
rivojlantirishimiz zarur. Turli sohaga mansub bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va
ularning kasbiy mahoratini oshirish ta’lim jarayonining asosiy maqsadidir. Buning
uchun ayniqsa yoshlarimiz dunyoqarashini, madaniyati va ma’naviyatini, kasbiy
bilim va insoniy fazilatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish talab etiladi.
Bunday murakkab ijtimoiy vazifani amalga oshirishda ilm-fan va amaliy
faoliyatlar ichida, ilmiy asosga suyangan “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab
repertuari” fani ham yetakchi o‘rin egallaydi.
1997-yil 29-avgust O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining II chaqiriq IX
sessiyasida “Ta’lim to‘g‘risida‘‘gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
respublikamizda yangicha ta’lim tizimini bunyod etib, kelgusida bu sohada amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli vazifalarni belgilab bergan. Shular sirasiga,
zamonaviy ilm-fanning shu kunda erishilgan yutuqlari bilan birga hududimiz
o‘qituvchi va pedagoglarining kasbiy kompententlik darajasidan kelib chiqib,
jahondagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda,
hududimizga mos bilim berish nazariya va usullarni yaratish maqsad qilib
qo‘yilgan. Chunki xalqimizning kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchiga unung
salohiyatiga, kasbiy tayyorgarligiga, yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish
faoliyatiga bog‘liq. Yosh avlodni bilimli, madaniyatli, ma’naviyatli, odobli,
e’tiqodli, barkamol inson qilib voyaga yetkazish, o‘qituvchi zimmasiga asosiy
vazifa qilib qo‘yilgan.
6
Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogika, psixologiya, ma’naviyat,
milliy istiqlol g‘oyasi, informatika, yangi pedagogik texnologiya, musiqa san’atiga
oid fanlarni o‘qitish imkoniyatlari yanada kengaytirilgan. Zamonaviy talab va
metodlar asosida, umumkasbiy fanlar bo‘yicha dastur hamda o‘quv qo‘llanmalar,
darsliklar yaratilgan. Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi, yosh avlodni sog‘lom va
barkamol inson bo‘lib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buni
amalga oshirish uchun o‘quv mashg‘ulotlari va dars jarayonini olib borish
qobiliyatini o‘qituvchilar o‘zlarida paydo qilishlari uchun ta’lim nazariyasi bilan
birga o‘qitishning zamonaviy usullarini egallab, ularni pedagogik amaliyotda
qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilishlari zarur. O‘qituvchi “Pedagogik texnologiya”
jarayonining asl mohiyatiga har bir mashg‘ulotning loyihasini tuza olishi va bu
loyihalardan pedagogik amaliyotda mohirona foydalana olishlari kerak. Shu bilan
birga o‘z ma’naviyati ustida tinmay ishlash ko‘nikmasini hosil qilish kerak.
Yevropa va Sharq kompozitorlarining mumtoz asarlari bilan tanishib, “Musiqa
madaniyati” darslarini sifatli va samarali olib borish uchun intilishi lozim.
“Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani pedagogika fani
sifatida, tajribada sinalgan ishlarni barcha qismlarini umumlashtirib, amaliyotda
samarali natijalar bergan musiqa o‘qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika fani
asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot
natijalariga asoslanadi. U musiqa o‘qitishning qonun-qoidalarini ta’riflab,
kelajakda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda qo‘llanadigan zamonaviy
texnologiyalar va metodlarni belgilab beradi. Metodika fani ta’lim-tarbiya
jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash uslublari mazmunini anglatadi.
“Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani birdaniga shakllangan fan
emas, balki o‘z tarixiy taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lgan fan. O‘zbekistonda metodika
fani shakllanishiga buyuk mutafakkirlar, olimlar, ilg‘or tajribali o‘qituvchilar,
metodistlar, mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari, izlanishlari, tajriba-sinov ishlari,
risolalari, fikrlari, o‘quv dasturlari va darsliklarini yaratib o‘z hissalarini
qo‘shganlar. Bularga misol qilib, Buyuk mutafakkirlardan Alisher Navoiy, Abu
Nasr al-Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abdulla Avloniy, olimlardan: Ikrom Akbarov,
7
Ilyos Akbarov, To‘ra Husanov, Aliftina Vasileva, Yelena Kenzer, Lutfulla
Qo‘ldosh, Ye. Gudkova Qo‘ldosh Mamirov, Darvin Omonullayev, Oqilxon
Ibragimov, Soibjon Begmatov; kompozitorlardan Shermat Yormatov, Fattox
Nazarov, Doni Zokirov, Nadim Norxo‘jayev, Rustam Abdullayev, Habibullo
Rahimov, Dilorom Omonullayeva, Avaz Mansurov; metodistlardan Hamidulla
Nurmatov, Emma Shainskay, Dildora Karimova, Gulnora Sharipovalar o‘z
hissalarini qo‘shganlar.
“Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” kursining fan sifatida
maqsadi talabalarni bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash,
ularni metodik bilim va mahorat bilan qurollantirish. Bu maqsadga erishish uchun
amaliy mashg‘ulotlar mobaynida ijodiy mehnat qilish talab etiladi. Ma’lumki
maktabda o‘quvchilarning yosh psixologik-fiziologik xususiyatlariga qarab,
musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi qo‘llanadi. Bu yerda ta’lim usuli, o‘quv
materiallarining dasturi ta’lim tamoyillari, o‘quv tarbiyaviy ishlarning maqsad va
vazifalari muhim ahamiyat kasb etadi.
“Metodika” so‘zi grekcha so‘z bo‘lib, “tadqiqot yo‘li”, “bilish usuli” degan
ma’noni anglatadi. Musiqa o‘qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilarining
bilim, ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishda qo‘llangan ish uslublari
tushuniladi. “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” kursining asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
– ta’lim tizimida shaxs madaniyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
– ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarga, qo‘yilayotgan talablarni o‘rganish;
– dars ishlanmalarini tayyorlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish;
– metodik ishlanmalar, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlash,
kompyuter, slayd, disklar, magnit tasmalardan foydalana bilish;
– har bir sinf o‘quvchilarini yoshiga mos ravishda musiqa o‘qitish metodlari va
usullarini tanlab qo‘llash;
– kelajak avlodning musiqiy madaniyati va ma’naviyatini musiqa vositasi orqali
shakllantirish;
8
– sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiya ishlarini tashkil etish uslublarini
o‘rganish va shakllantirish;
– pedagogik amaliyotda tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish;
– taniqli kompozitor, shoirlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, tanlovlarda
ishtirok etib, o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasini shakllantirish;
– xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimini o‘rganish;
– o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
– berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarga
puxta tayyorlanish;
– tavsiya etilgan adabiyotlar bilan mustaqil ishlash;
– talabalarni mustaqil fikrlash, izlanish, tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatish;
– talabalarni mustaqil ish jarayonida ijodiy faolligini oshirish;
– amaliy mashg‘ulotlar ma’ruzalarning mantiqiy davomi bo‘lib, o‘zlashtirgan
bilimlarini mustahkamlaydi.
“Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani umumkasbiy fan
hisoblanib, pedagogika, psixolgiya, maktab repertuari praktikumi, nutq madaniyati,
musiqa tarixi, yakka kuylash, dirijorlik, musiqa asbobi, solfedjio, xor, musiqa
nazariyasi, bolalar adabiyoti, pedagogik mahorat, ona tili, adabiyot, tabiat kabi
fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu musiqiy nazariy fanlar, bo‘lajak
o‘qituvchilarga musiqa san’atini bolalarga samarali yetkazish yo‘llarini o‘rgatadi.
Bu fan o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllanishiga, musiqiy
fanlarni puxta egallashiga ko‘mak beradi. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchilarni musiqiy
san’at sirlarini o‘quvchilarga samarali yetkazish yo‘llarini o‘rgatadi.
Dostları ilə paylaş: |