Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


 Darsda o‘quvchilarning ongliligi va faolligi tamoyili



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

2. Darsda o‘quvchilarning ongliligi va faolligi tamoyili. 
Mazkur prinsip didaktikaning yetakchi prinsiplaridandir. Chunki, bilimni 
o‘zlashtirish o‘quvchining aqliy faoliyatiga asos bo‘lgan bilish jarayoniga 
bog‘liqdir. Musiqa idroki kishining hayotiy tajribasini boyitadi, real voqealarni 
badiiy his etib, bilish, fikrlash qobiliyatini o‘stiradi. Mazkur malaka va 
ko‘nikmaning shakllanishi bola ongi ning uzoq rivojlanish jarayonini talab etadi. 
Buning uchun bolaning o‘quv materiallarni ongli ravishda bilib o‘zlashtirishi bilim 


24 
jarayonini faolligini vujudga keltiradi. Ma’lum musiqa asarini kuylab yoki tinglab 
o‘zlashtirish va undan badiiy-estetik zavqlanib idrok etishda, bolaning eng avvalo, 
diqqat-e’tiborini jalb eta bilish, unda qiziqish uyg‘ota bilish onglilik va aktivlikni 
vujudga keltiradi. Musiqani ongli idrok etish va o‘z navbatida badiiy ohang va 
mantiqiy jihatdan xotirada turg‘un saqlanishni talab etadi. Musiqa darslarida 
onglilik 
va faolligini ayniqsa, vokal – xor malakalarini shakllantirilishi uchun zarurdir. Xor 
bo‘lib qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi faoliyatlarida ham onglilik 
va aktivlik musiqani nazariy va amaliy jihatlarini to‘g‘ri bilish va o‘zlashtirishni 
osonlashtiradi. 
3. Musiqa darsida ko‘rgazmalilik tamoyili. 
Musiqa tarbiyasida musiqaning o‘zi o‘ziga ko‘rgazmali vositadir. Chunki, u 
ko‘z bilan emas, balki quloq bilan idrok etiladi. Musiqa tinglashda ham, asar 
tahlilida ham ohang ko‘rgazma sifatida ijro etib ko‘rsatiladi. O‘qituvchining o‘zi, 
nutqi, ijrosi ham asosiy ko‘rgazma bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, texnik 
vositalar, ko‘rgazmali kartochkalar, grafik yozuvlar, rasmlar, nota yozuvlari ham 
musiqa darsida ko‘rgazma sifatida muhim rol o‘ynaydi. 
4. O‘quv materiallarining bolalar bilim va malakalariga mosligi 
tamoyili. 
Mazkur prinsip dasturdan tanlab olingan o‘quv materiallari va mazkur 
metodik materiallar asosida dars mazmunini tuzish jarayonida qo‘llaniladi. Bunda 
har bir sinfning umumiy bilim va malaka darajasi hisobiga olinishi shart. Dastur 
asosida har bir sinfningbilim va malakalari hisobga olingan holda musiqa darsining 
yarim yillik kalendar – mavzuli rejasi tuziladi. Kalendar – mavzuli ish reja bir 
yilda ikki marta o‘quvchilarning yosh xususiyati, ovoz diapozoni, musiqiy o‘quvi, 
yangi qo‘shiqlar, musiqa tinglash uchun asarlar, musiqa savodidagi o‘quv 
materiallari, dars faoliyatlariga qarab tuziladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin