Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Zamonaviy komsensiya deganda nimani tushunasiz? 
2. Uzliksiz ta’limning maqsadi nimalardan iborat? 
3. Pedagogik texnologiya usulida foydalanadigan usullar qanday? 
4. Olimlarni yangi ‘‘pedagogik texnologiya’’ yordamida o‘qitilishi haqidagi 
fikrlari? 
1.5. MUSIQA O‘QITISHNING UMUMDIDAKTIK TAMOYILLARI 
 
Musiqa madaniyati darslari pedagogikaning didaktik nazariyasi va tamoyillari 
asosida tuziladi. Mazkur prinsiplar o‘qituvchi hamda o‘quvchi tomonidan 
bajariladigan barcha ta’lim asoslari – dars mazmunini metodlari va darslarning 
tuzilishidagi asosiy talablar va uning yo‘nalishlarini belgilab beradi. Musiqa 
madaniyati darslarining didaktik tamoyillari besh turdan iborat: 
1. Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalilik, ilmiylik va davomiyligi tamoyili. 
2. Darsda o‘quvchilarning onglilik va faolligi tamoyili. 
3. Musiqa madaniyati darslarida ko‘rgazmalilik tamoyili. 
4. O‘quv materiallarining bolalar bilim va malakalariga mosligi tamoyili. 


23 
5. Musiqa darslarida bilim va malakalarning mustahkamligi tamoyili. 
Mazkur tamoyillar asosan, o‘quv materiallarini qo‘llash, musiqa darsining 
mazmunini va rejasini tuzish jarayonida qo‘llanadi.Yuqoridagi qayd etilgan 
umumdidaktik tamoyillar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, musiqa darsini davlat 
ta’lim standartiga muvofiq milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda uzluksizligini 
va uzviyligini asos qilib musiqa faoliyatini izchilligini ta’minlaydi. 
1. Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalilik, ilmiylik va davomiylik 
tamoyili. 
Har bir darsda o‘zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asos tashkil topishi 
lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy 
omilidir. Unda insoniyat yaratgan musiqaga oid qoidalar, xulosalar, umumlashgan 
musiqiy tajribalar o‘z aksini topgan. Ularni o‘zlashtirish musiqa amaliyoti yo‘lida 
bilim va ko‘nikmalar hosil qilish demakdir. Dars jarayonida o‘quv materiallarini 
bolalarning bilim tajribasiga mosligi. Bolalar ovozining rivojlanish qonuniyatlarini 
hisobga olish, nota qonuniyatlarini to‘g‘ri o‘rgatish, bolalarning fikriy qobiliyatiga 
mos ravishda tahlil etish darsning ilmiylik prinsiplarini tashkil etadi. Ilmiylikni, 
sistemaliksiz amalga oshirish qiyin. Darsning barcha o‘quv faoliyati hamda 
keyingi darslarning o‘zaro mantiqiy bog‘lanishi sistemalik asosini tashkil etadi. 
Kuylash va tinglash uchun asarlarni bilim va malaka darajasiga ko‘tarib, soddadan 
murakkabga, noma’lumdan ma’lumga qarab o‘zlashtirib borish tamoyillari 
muayyan tartibga mos bo‘lib, sistemalilik demakdir. Darsning har bir faoliyati o‘z 
navbatida, har bir darsning mantiqiy davomi bo‘lib, pedagogik maqsadlarni tobora 
amalga oshirishi davomiylik tamoyili demakdir. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin