25
Birinchidan, bilim va malakalarning chuqurligi,
mustahkamligi va
hayotiyligini ta’minlash, ya’ni mazkur asarni va uning ijro uslubini madaniy
hayotimiz uchun zarur ekanligi haqida bolalarda ishonch hosil qildirish.
Ikkinchidan, asarlarni tanlashda quyidagilarga amal qilish kerak:
a) asarning bolalarni ma’naviy hamda axloqiy tarbiyasi uchun mosligi;
b) musiqani o‘quvchilarning yoshi, ovoz diapozoniga mosligi;
v) sinfdagi barcha bolalarni mazkur asarga qiziqtira olish va to‘la
o‘zlashtirishga erishish.
Uchinchidan, darsda olinadigan bilimlar doirasi va malakalarini amaliyotda
takrorlash va mustahkamlash. Masalan, Qo‘shiqlarni jumlalarga bo‘lib o‘rgatish va
keyingi darslarda mustahkamlab takrorlash.
To‘rtinchidan, musiqa darslarida har bir
yangi mavzu elementi dars
faoliyatida to‘liq o‘zlashtiriladi va keyingi darslarda keng qo‘llanilib, doimiy
bilimga aylantiriladi.
Xulosa
qilib aytganda, pedagogikaning umumdidaktik tamoyillari musiqa
madaniyati darslarida musiqani hayot bilan bog‘lashda
muhim ahamiyat kasb
etadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Pedagogikaning didaktik tamoyillarining mazmuni nimalardan iborat?
2. Umumdidaktik tamoyillarning qanday turlari mavjud va ularning musiqa
darslarida qo‘llanilishi?
3.
Musiqa darslarida sistemalilik, ilmiylik,
davomiylik, prinsiplaridan
qanday foydalaniladi?
4. Ko‘rgazmalilik, onglilik va aktivlik prinsiplaridan musiqa darsida qanday
foydalanish mumkin?
5. O‘quv materiallarining bolalar bilim va malakalariga
mosligi prinsipi
deganda nimani tushunamiz?
6. Musiqa darslarida bilim va malakalarni mustahkamlash prinsipi qanday
qo‘llaniladi?