1. Musiqa o‘qitishning og‘zaki metodi.
39
Musiqa darsida o‘qituvchining so‘z mahoratiga alohida talab qo‘yiladi.
O‘qituvchi o‘zining asar haqidagi badiiy kirish so‘zi bilan o‘quvchilarni ajoyib va
sehrli musiqa olamiga olib kiradi. Hikoya yoki suhbat yo‘li bilan bolalar diqqatini
jalb qilib, musiqani badiiy idrok etishlariga erishadi. Asosan, bu metoddan
boshlang‘ich sinfda ko‘proq foydalaniladi.
Hikoya – bu o‘qituvchining musiqa asari haqida jonli, emotsional yorqin
bayoni. Hikoya qisqa, obrazli, jonli, qiziqarli bo‘lib, uning maqsadi o‘quvchilarni
asarni badiiy idrok etishga o‘rgatish.
Suhbat – o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi dialog shaklidagi faoliyatidan
iborat bo‘lib, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Ularni nutqini o‘stiradi,
fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilish qobiliyatini faollashtiradi hamda
dunyoqarashini kengaytiradi.
Tushuntirish – ilmiy isbotlash metodi sifatida musiqa darsida qo‘llaniladi.
Bu asosan musiqa savodi faoliyatida qo‘llaniladi.
2. Ko‘rgazmali o‘qitish metodi. Ma’lumki, musiqa harakatlanuvchi kuy va
tovushlardan iborat bo‘lgan san’atdir. Uni faqat eshitish organlari quloq orqali
tinglab, idrok etish mumkin. Ko‘rgazmali o‘qitishni esa nota yozuvlari, plakatlar,
rasmlar, dirijorlik ifodalari, raqs harakatlari, bolalar cholg‘u asboblari, musiqani
jonli va aniq ijrosi texnik vositalaridan foydalaniladi. Demak, musiqaning jonli
yangrashi darsda asosiy ko‘rgazma bo‘lib xizmat qiladi.
3. Amaliy o‘qitish metodi. Amaliy metodlar vositasida o‘quvchilar vokal –
xor malakalari, musiqaning tuzilishi hamda ifoda vositalarini tahlil etish, uning
janr va shakllarini aniqlash va nota yozuvini o‘rganish malaka va ko‘nikmalarini
shakllantirilishi uchun foydalaniladi. Amaliy metodlar vokal – xor malakalarini
rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.
4. O‘yin metodi – boshlang‘ich sinflarda ko‘proq ijobiy natija beradi. Yangi
dastur asosida yaratilayotgan qo‘llanma va darsliklarda o‘yin va uning elementlari
keng joriy etilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari serharakat va o‘yinga moyil
bo‘ladilar. Darsda qo‘llaniladigan musiqali o‘yinlar o‘quvchilarning musiqiy
40
o‘quvini o‘stiradi, musiqiy qobiliyatini rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi va
musiqa darsiga qiziqish uyg‘otadi.
Dostları ilə paylaş: |