Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

5. Taqqoslash metodi. Musiqa darsi jarayonida kontrast, ya’ni taqqoslash 
metodi keng qo‘llaniladi. U vokal – xor ishlarida o‘qituvchi, o‘quvchilar bilan 
gramyozuvdagi ijrolarini taqqoslashda musiqa asarining tahlili va janrlarni 
belgilashda keng qo‘llaniladi. Masalan, raqs, marsh janrlari, templari, turli cholg‘u 
asboblaridagi ijrolar farqini aniqlashda qo‘llaniladi.
6. Musiqa o‘quvi bo‘sh bo‘lgan bolalar bilan ishlash metodi. Musiqa 
o‘quvi bo‘sh bo‘lgan o‘quvchilar bilan dars jarayonida differensial guruhlarga 
bo‘lib va darsdan keyin vaqt ajratib, yakka (individual) tarzda ish olib boriladi. 
Differensial guruh deganda o‘quvchilarni musiqiy qobiliyati, o‘quvi va ovoziga 
qarab uch guruhga bo‘linadi. 
1-guruhga ovozi jarangli, yaxshi musiqiy qobiliyatga ega bo‘lgan 
o‘quvchilar kiradi; 
2-guruhga ovozi, musiqiy qobiliyati o‘rtacha bo‘lgan, ya’ni o‘qituvchining 
ovoziga ergashib, cholg‘u soziga tayanib va do‘stlarini ovoziga ergashib 
kuylaydigan o‘quvchilar kiradi;
3-guruhga esa ovozi uncha yaxshi bo‘lmagan, eshituv va musiqiy qobiliyati 
bo‘sh bo‘lgan o‘quvchilar kiradi.
Musiqa darsi jarayonida bu o‘quvchilar quyidagi tartibda o‘z o‘rniga 
o‘tkaziladi: birinchi qatorga o‘qituvchini ovoziga tayanib kuylaydiganlar, ikkinchi 
qatorga musiqiy o‘quvi bo‘sh, yaxshi musiqiy qobiliyatga ega bo‘lmagan 
o‘quvchilar, uchinchi qatorga qobiliyatli, ovozi jarangdor bo‘lgan bolalar 
o‘tqaziladi. Bunda ikkinchi qatordagi o‘quvchilar musiqa ohanglarini 
atrofdagilardan eshitib, ularning ovozlariga ergashib, chiroyli kuylashga harakat 
qiladilar.
Shu uslub bilan o‘quvchilarni musiqiy o‘quvini o‘stirish mumkin. Ba’zi 
musiqiy o‘quvi bo‘sh bo‘lgan bolalar bilan darsdan keyin alohida, yakka tartibda 
shug‘ullanib, topshiriqlar beriladi va ovozlari sozlanib, qo‘shiqlar alohida 
o‘rgatiladi. Shu tariqa hamma o‘quvchilarni musiqaga qiziqishi, qo‘shiq kuylashi, 


41 
musiqa tinglash ishtiyoqi, qobiliyati, musiqiy o‘quv bir xilda bo‘lib, qo‘shiq 
kuylash malakalari hosil bo‘ladi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin