Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Musiqa o‘qitishning qanday metodlari mavjud? 
2. Xususiy metod nimani anglatadi va qanday turlari bor? 
3. Musiqa o‘qitish metodlarining turlari va ularning vazifalari qanday? 
4. “Metodika” – so‘zi nimani anglatadi va uning vazifalari nimalardan 
iborat? 
Tayanch tushunchalar 
“Metodika” – bilish, o‘rganish usuli. 
“Xususiy metodika” – bitta fanning uslubi. 
“Amaliy metod” – ijodiy mehnat. 
1.9. VOKAL – XOR MALAKALARI VA ULARNI 
MUSIQA DARSIDAGI AHAMIYATI 
 
Xor bo‘lib kuylash murakkab psixologik-fiziologik jarayon hisoblanadi. 
Musiqa madaniyati darslarida vokal – xor ishlari, o‘quvchilarni axloqiy-estetik 
tarbiyasida o‘qitishning eng faol shakli hisoblanadi. Xor bo‘lib qo‘shiq kuylash
o‘quvchilarning diqqat-e’tiborini kuchaytiradi, xotirasini, nutqini rivojlaniradi
ovoz diapazonini kengaytiradi, musiqiy o‘quvini o‘stiradi, mutatsiya davri yengil 
o‘tadi, dunyoqarashi yildan-yilga shakllanib boradi. Vokal – xor malakalari musiqa 
darsida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xor mashg‘ulotlarida 
o‘quvchilarning diqqat-e’tibori, ongliligi va aktivligi oshadi, musiqiy xotirasi 
yaxshi rivojlanadi va o‘rgangan qo‘shiqlarini ijro etganda zavqlanish hissi paydo 
bo‘ladi. Qo‘shiq kuylaganda ijodiy ijrochilik hamkorligi kuchayadi va do‘stona 
jamoaga birlashadi. 


42 
Vokal – xor malakalari yordamida o‘quvchilar, qo‘shiqni so‘z ma’nosi va 
musiqa ohangini chuqur idrok etadilar va asarni mazmuni orqali hayotni 
o‘rganadilar. Yuqorida bayon etilgan natijalarga erishish uchun quyidagi vokal – 
xor malakalarini shakllantirib borish va xor bo‘lib kuylaganda bunga qattiq rioya 
qilish shart. Chunki aynan vokal – xor malakalari vositasi bilangina yoqimli va 
ohangdosh, sof xor jarangdorligiga erishish mumkin. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin