Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Mus.o\'q.met darslik




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
 
G. SHARIPOVA, G‘. NAJMETDINOV, Z. XODJAYEVA 
 
 
 
 
MUSIQA O‘QITISH
METODIKASI VA MAKTAB 
REPERTUARI 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlari
5111100-musiqa ta’limi yo’nalishi talabalari uchun darslik 
Андижон 2020 



G. Sharipova, G‘. Najmetdinov, Z. Xodjayeva 
 
Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari: darslik 
 
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Pedagogika Oliy o‘quv yurtlari 
san’at fakulteti (musiqiy ta’lim yo‘nalishi) talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda 
bo‘lg‘usi musiqa madaniyati o‘qituvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, malaka 
va ko‘nikmalar minimumi belgilab berilgan. 
Darslik mazmunida ta’lim sohasida olib borilayotgan yangi islohatlar, 
konsepsiya, innovatsion texnologiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ish 
mavzulari, talabalarni bilimlarini ijodiy faolligini oshirish uchun yangicha 
yondashuvlarni hisobga olib tuzilgan. 
Mazkur darslik 5111100 – ‘‘Musiqiy ta’lim yo‘nalishi’’ bo‘yicha bo‘lajak 
o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan. 
 
Taqrizchilar: 
 
G.G’aniyeva - Respublika ta’lim markazi bosh metodisti 
D. Karimova – Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
dotsenti: 
Q.Nurdinov – Andijon davlat Universiteti katta o‘qituvchisi. 



KIRISH 
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, O‘zbekistonning buyuk 
davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat har qanday 
mamlakat va xalqni yuksaklikka ko‘taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, 
kelajagini belgilab beradi. Xalqimiz kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning 
dunyoqarashi, salohiyati, fidoyiligi, kasbiy tayyorgarligi, yosh avlodni o‘qitish va 
tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Bunday murakkab ijtimoiy 
vazifani amalga oshirishda barcha ilm-fan va amaliy faoliyatlar ichida “Musiqa 
o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani yetakchi o‘rin egallaydi. Bu fan 
musiqiy ta’lim yo‘nalishi talablari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lg‘usi 
“musiqa madaniyati” fani o‘qituvchilari egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka va 
ko‘nikmalar belgilab berilgan. Bu fan bo‘lg‘usi “musiqa madaniyati” fani 
o‘qituvchilarini, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari uchun 
mutaxassis qilib tayyorlaydi. Musiqa o‘qituvchisi yangicha ta’lim tizimini 
o‘rganib, ilm-fanning shu kungacha erishilgan yutuqlari bilan birga, kasbiy 
komponentligi darajasidan kelib chiqib, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan 
“musiqa madaniyati” darslarida foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Zamonaviy talab va metodlar asosida umumkasbiy fanlar qatori “Musiqa o‘qitish 
metodikasi va maktab repertuari” fanidan ham dastur, o‘quv qo‘llanmalar, 
darsliklar yaratilgan. Bu fan bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining musiqiy-nazariy 
bilimlarini, amaliy tajribalarini hayot bilan bog‘lashga, musiqani idrok etish, 
tasavvur qilishga o‘rgatadi. Ijodkorlik va ijrochilik mahoratini egallashda, musiqiy 
va kasbiy madaniyatini shakllantirishga ko‘mak beradi. 
Mazkur “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” nomli darslik 
DTS dasturida ko‘rsatilgan me’yor va talablar asosida yaratilgan. Ushbu 
darslikning asosiy maqsadi Oliy o‘quv yurtlari talablarini umumta’lim 
maktablarida musiqa madaniyati darslarini va sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi 
ishlarini, metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etib olib borishga qaratilgan. 



Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”ning barcha bosqichlarini amalga oshirish maqsadida ushbu darslik qayta 
ko‘rib chiqildi va takomillashtirildi. Yangi adabiyotlar, ish tajribalari va fan 
yangiliklari bilan boyitildi. Darslik Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari 
uchun mo‘ljallangan. 
Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangicha ijodiy yondashuvlar 
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga kasbiy faoliyatlarini puxta o‘rganishlari uchun 
ko‘maklashadi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin