Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. Kadrlar 
tayyorlash milliy modeli ta’lim-tarbiya jarayonini qamrab olish bilan birga ishlab 
chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Kadrlar tayyorlash milliy 
modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, ishlab chiqarish kabi 
qismlarni o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida yuqori 
malakali kadrlarni tayyorlash milliy tizimini mohiyatini aks ettiruvchi loyiha 
hisoblanadi. Milliy modelning o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishda o‘n bir 
yillik umumiy ta’lim hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining joriy etilishi bilan 
belgilanadi. Bu esa, o‘z navbatida umumiy o‘rta maxsus ta’lim dasturiga o‘tishga 
zamin yaratadi. 
1. Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti ta’lim 
sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisidir. Shaxs 
uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy-ilmiy bilimlarini o‘zlashtiradi, fan asoslarini 
puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, o‘zida ijtimoiy
ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab, raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib 
shakllanadi. Shu tarzda fuqarolikning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlardan biri 
– bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish 
huquqini ro‘yobga chiqaradi. 
2. Davlat va jamivat – kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul 
qilib olishning kafolatlaydi. Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va 
jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, 
fuqarolari yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan jamiyat har tomonlama taraqqiy eta 
oladi. Shaxs va davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. 
Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi, 
iqtidori va salohiyati uchun yetarli darajada shart-sharoitlar yaratib beradi. 


18 
3. Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi 
bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash 
tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. Uzluksiz ta’lim 
kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiyiqtisodiy 
taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy va madaniy 
ehtiyojlarini qondiruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 
4. Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan 
foydalanuvchi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi 
“Kadrlar tayyorlash milliy tizimi”da tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari 
to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanib, yuqori malakali 
ilmni va ilmiy pedagog kadrlar tarkibini shakllantiradi. 
5. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, shuningdek, 
ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni 
belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy 
texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisidir.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin