Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Birinchi toifadagi usullar “Ana’naviy usullar” deb ataladi, ta’lim  oluvchilarga “Yetkazib berish” talabiga asoslangan bo‘ladi. Ikkinchi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Birinchi toifadagi usullar “Ana’naviy usullar” deb ataladi, ta’lim 
oluvchilarga “Yetkazib berish” talabiga asoslangan bo‘ladi.
Ikkinchi toifadagi usullar “Noana’viy ” deb yoki “Interaktiv” usullar 
hisoblanadi. O‘quvchilarni bilim egallashlarida “faollashtirish” tamoyili deb 
ataladi. 
Uchinchi toifadagi usullar “Ilg‘or” yoki “Zamonaviy” usullar deb 
nomlanadi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonini jadallashtirish va samaradorligini oshirish deb 
ataladi. Hozirgi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida innovatsion, modulli 


20 
texnologiyalar va zamonaviy ta’lim vositalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq 
etish talab etib kelinmoqda. Bu o‘z navbatida, ta’lim jarayonini oldindan 
loyihalashtirishni amalga 
Oshira oladigan texnologik bilimlar tizimiga ega bo‘lgan zamonaviy 
o‘qituvchilarga bo‘lgan talabni oshiradi. Keyingi yillarda innovatsion pedagogik va 
modulli texnologiyalar bo‘yicha mamlakatning olimlari tomonidan samarali ishlar 
amalga oshirildi. Jumladan, pedagogik amaliyotda keng qo‘llaniladigan 
“metodika” va “texnologiya” tushunchalari mohiyatini tavsiflashga ko‘plab 
adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular ma’lum ma’noda, ta’lim 
jarayonini samarali tashkil etadi. Umumiy ma’noda “metodika” tushunchasi 
ma’lum bir ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan metod va usullar qo‘llaniladi. 
“Metodika” – bu o‘qituvchini pedagogik faoliyatini tashkil etishning shakl, metod 
vositalari degan ma’noni anglatadi. Yana metodika yunoncha “tadqiqot yo‘li” 
degan ma’noni bildiradi. “Metodika” va “texnologiya” tushunchalari tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, mazkur tushunchalar o‘zaro aloqadorligi va unumlilikka ega bo‘lishi 
bilan bir qatorda o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turadi. 
“Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitishda, o‘qitish jarayonining 
mazmun qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalar yig‘indisi degan 
ma’noni ham bildiradi.
“Texnologiya” – so‘zi “yunoncha” so‘z bo‘lib mahorat, san’at, ko‘nikma 
degan ma’noni anglatadi.
“Ta’lim texnologiyasi” iborasini ma’nosi ta’lim jarayonini yuksak mahorat 
bilan san’at darajasida tashkil etish to‘g‘risidagi fandir.
Pedagogik texnologiya pedagogikaning va barcha fanlarning bo‘limlarida 
foydalaniladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, 
uzluksiz ta’lim tizimining zamonaviy pedagogik texnologiyasini keng joriy etilishi, 
har bir ta’lim oluvchilarga alohida shaxs sifatida qarash, va shaxsiy imkoniyatlarni 
hisobga olgan holda bilimlarni mustaqil rivojlantirishning imkoniyatlarini yaratadi. 


21 
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti1
3
I. Karimov 1997-yil 29-avgustda 
Oliy Majlis sessiyasidagi “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining 
poydevori” nomli ma’ruzasida “Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday usulda 
va uslubda, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o‘rgatishni, chuqur 
anglatishimiz kerak ” Bolalar qaysi sinfdan boshlab, mustaqil fikr yurita 
boshlaydi? Umuman, maktablarda bolalar mustaqil fikr yuritishga o‘rgatiladimi? – 
deb so‘ragan 
edilar va unga o‘zlari ham javob berganlar. Ta’lim tizimida dars berishning yangi-
yangi usullarni joriy etish zarurligini ta’kidlaganlar.
Shundan so‘ng muallimlarning, ustozlarimizning ta’lim-tarbiya jarayoniga 
yangicha qarab, Davlat ta’lim samaradorligiga qaratilgan yangi-yangi usullarni 
joriy etishi ustida ishladilar va bugun bu ishlayotgan innovatsion ya’ni pedagogik 
texnologiya atamasidan foydalana boshladilar. Shundan buyon Vatanimizga 
“pedagogik texnologiya” so‘zi 1997-yildan boshlab ishlatildi. Innovatsion 
pedagogik texnologiya – ta’limning har qanday sohasida istalgan natijaga oz kuch 
sarflab, erishish uchun ilmiy va amaliy asoslangan yangi usullar va vositalar bilan 
amalga oshiriladi. Respublikamizda ta’lim sohasining isloh qilinishi ayniqsa
‘‘Ta’lim to‘g‘risida’’gi Qonun va ‘‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ning qabul 
qilinishi pedagog-o‘qituvchilar, tarbiyachilarimiz oldiga ma’suliyatli vazifalarni 
qo‘ydi. Ularni oldiga, har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalash asosiy 
masala qilib qo‘yildi. Shundan so‘ng, o‘qituvchilarimiz, tarbiyachilarimiz bugungi 
darslarni zamonaviy dars sifatida samarali qilib tashkil etshi, innovatsion 
pedagogik 
texnologiyadan xabardor qilish uchun qayta tayyorlash kurslari tashkil qilingan. 
Hozirgi kunda ta’lim tizimizda “Pedagogika texnologiyasi” va “o‘qitish 
metodikasi” kabi tushunchalar barcha fanlarda ishlatilib kelinmoqda.
Bugungi Vatanimiz olimlari ham 1997-yildan boshlab, O‘zbekiston 
pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 
vazirligi, Ta’lim markazi, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish 
3
I. Karimov “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli asari. –T; 1999 y.


22 
markazi hamda barcha oily ta’lim muassasalarida yangi milliy pedagogik 
texnologiyalarni yaratishi ustida izlanishlar olib bormoqdalar. 
Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati yoki 
pedagogik texnologiya ma’lumotlarni o‘zlashtirishi uchun qulay shakl va usulda 
uzatush va o‘zlashtirishi jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya insonda oldindan paydo bo‘lgan maqsad bo‘yicha 
ta’sir o‘tkazish faoliyati demakdir. S.A.Usmanov. Pedagogik texnologiya haqida 
o‘zbek olimlarining quyidagi fikrlarni bildirganlar.
Yuqorilardagidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik 
texnologiya ta’lim oluvchini bilim olishga qiziqishini orttiradigan yangi usul va 
yo‘llarni o‘rgatuvchi, dars samaradorligini yuqori bo‘lishida mustaqil fikrlashga 
o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin