Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Xususiy (optimal) metodlar o‘qitish faoliyati



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

 
Xususiy (optimal) metodlar o‘qitish faoliyati 
maqsadga qarab to‘rt turga bo‘linadi: 
1. Darsni musiqaviy umumlashtirish metodi. 
2. O‘tilajak mavzuga oldindan “yugurib” o‘tish va orqaga qaytish metodi. 
3. Dars mazmunini emotsional dramaturgiyasi metodi. 
4. Darsning pedagogik kuzatilishi va bilimlarni baholanish metodi. 
1. Darsning musiqaviy umumlashtirish metodi yetakchi metodlardan biri 
bo‘lib, o‘quvchilarni musiqa idroki, mantiqiy, badiiy fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirishga qaratilgandir:
a) o‘qituvchi darsda hal qilinishi lozim bo‘lgan konkret vazifalarni vujudga 
keltiradi;


38 
b) o‘qituvchi va o‘quvchi birga hamkorlikda masalani yechadilar
c) o‘quvchilar tomonidan yakuniy xulosalar chiqariladi. 
2. Oldinga “yugurib o‘tish”, ya’ni ilgari o‘tilgan materialdan foydalanib, 
o‘quvchilarni yangi material o‘zlashtirishga tayyorligini sinab ko‘rish, bunda oldin 
egallagan bilimlarga suyanish uchun foydalaniladi. 
3. Emotsional dramaturgiya metodi bilan darsning mantiqiy yaxlitligiga 
erishiladi. Bunda chorak mavzusi asosida dars rejasi uchun asarlar tanlanadi. 
Tanlangan mavzular ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi darsni ijrochilik 
mahorati, so‘z ustaligi bilan qiziqarli qilib o‘tishi kerak. O‘quvchilarni darsga faol 
jalb etib, darsning emotsional dramaturgiyasi, ya’ni avjiga erishishi lozim. Musiqa 
o‘qituvchisi maktabda musiqa darsidan tashqari konsertlar, badiiy kechalar
uchrashuvlar o‘tkazishni talab etadi.
4. Darsni pedagogik kuzatilishi va bilimlarni baholash maqsadga qarab 
bir necha turlarga bo‘linadi:
a) o‘quvchilarni bilish faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi turi; 
b) bilim faoliyatini rag‘batlantirish va tanbehlash; 
c) o‘qish, bilish faoliyatini samaradorligini boshqarish va nazorat qilish. 
Baholashda shunday ehtiyotkor bo‘lish kerakki, o‘quvchilarni kayfiyati tushib 
ketmasin. Darsga, qo‘shiq kuylashga qiziqishi so‘nmasin. Rag‘batlantirishda esa 
aksincha. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari me’yordan chiqib ketmasligi 
kerak. Balki, rag‘batlantirish sinfda boshqa o‘quvchilarga namuna bo‘lib xizmat 
qilish va ular odobli, aqlli bo‘lishga intilishi kerak. Shunday qilib, musiqa o‘qitish 
metodlarini umumiy turlari ham mavjud.
1. Musiqa o‘qitishning og‘zaki metodi. 
2. Ko‘rgazma o‘qitish metodi. 
3. Amaliy o‘qitish metodi. 
4. O‘yin metodi. 
5. Taqqoslash metodi. 
6. Musiqiy o‘quvi bo‘sh bo‘lgan bolalar bilan ishlash metodi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin