48
Bunda bolalarning ovoz apparatlari shakllangan,
musiqiy qobiliyatlari
rivojlangan, musiqaning tuzilishi, shakli musiqa ifoda vositalari haqida bilimga ega
bo‘ladilar va musiqa tinglash qobiliyati rivojlangan bo‘ladi. O‘rta sinfdagi
o‘quvchilar uchun (V – VII sinf) musiqa dasturi asosida darslar rejalashtirib, ikki
ovozli,
ovoz mashqlari, ikki ovozli qo‘shiqlar, musiqa savodi va musiqa
tinglashdan, shunga qarab murakkabroq asarlar tinglanadi. Har bir faoliyat bir-biri
bilan bog‘liq bo‘lib,
dars mazmunini, ya’ni bir butunlikni ta’minlaydi. Chorak
mavzulari, yil mavzulariga bo‘ysunadi. Dars
samaradorligini oshirishda
o‘quvchilarni bilim va malakalarini baholash muhim pedagogik ahamiyatga egadir.
Qo‘shiq kuylash bilan birga, ularga ko‘proq fikr bildirish, bahsga tortish va amaliy
faoliyatiga ko‘proq jalb etish va odilona baholash lozim bo‘ladi. Shunday qilib,
musiqa darslari yangi
dastur asosida rejalashtirilib, o‘quvchilarni milliy
musiqamizga mehr-muhabbat va qiziqish uygotishi lozim.
Dostları ilə paylaş: