29
3. Qo‘shiqni tahlil qilinishi (musiqa
ifoda vositalari, ladi, tempi, o‘lchovi,
ritmi, dinamik belgilari).
4. Qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish (chuqur nafas olib, jumlani
oxirigacha tejab yetkazish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash).
5. Qo‘shiqni badiiy ijrosiga erishish (qo‘shiq haqidagi
bolalar taassurotlari
yuzasidan qisqa suhbat o‘tkazish, ya’ni umumlashtirish).
MUSIQA SAVODI
Musiqa madaniyati darslari jarayonida, musiqa savodi mustaqil dars faoliyati
jarayonida musiqa asarlarini badiiy o‘rganish va ijro
etish ishlarini savodxonlik
asosida bajarish uchun qo‘llaniladi. Musiqa savodi mazmuni o‘quvchilarni tobora
shakllantiradi va ularni bilish doirasini tobora kengaytirib, chuqurlashtirib boradi.
Shunday qilib musiqa savodi darsining ta’limiy vazifasini bajaradi. Musiqa savodi
(faoliyatining) asosiy negizi va pedagogik maqsadi, yangi dastur bo‘yicha berilgan
chorak mavzulari kuylash va tinglashga doir asarlarini savodli
tahlil qilish orqali
amalga oshiriladi. Ular o‘quvchilarni kundalik hayotidan olinayotgan taassurotlari
va musiqiy tajribalari asosida o‘rgatiladi.
Musiqa savodi quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘rgatiladi:
1. Bolalar diqqatini musiqa ifoda vositalari ohang, registr, temp, ritm,
dinamik belgilarga o‘rgatish.
2. Ovoz sozlash va qo‘shiq ijro etish
qoidalariga doir bilimlar, chapak va
cholg‘u asboblar chalish qoidalariga amal qilishga o‘rgatish.
3. Musiqa ijodkorlari: “kompozitor”, “ijrochi”, “tinglovchi”
mavzuning
mazmuni va o‘rganiladigan asarning mualliflari haqidagi ma’lumotlar, musiqa
savodi orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: